Dasturni avtomatik o'rnatish

SETTINGS O'RNATISH Avto sozlash

Dasturlarni avtomatik sozlaydi.
  1. Televizordan foydalaniladigan mamlakatni tanlang. Dastur sozlamalari tanlangan mamlakatga bog'liq ravishda o'zgarishi mumkin.
  2. Avto sozlashni Avto sozlash.
  3. Tanlovingizning kiritish manbaini tanlang.
  4. Ekrandagi ko'rsatmalarga amal qilgan holda avto sozlashni o'rnating.
Dasturlar To'liq ishlash sozlamasidan foydalangan holda qidirilganda, qidirish vaqti ko'proq bo'lishi mumkin. Barcha mavjud dasturlarni tez va to'g'ri qidirish uchun quyidagi qiymatlar kerak bo'ladi. Ko'p foydalaniladigan qiymatlar "boshlang'ich qiymatlar" sifatida beriladi.

Harakat yo’nalishi : O'zingiz dvigatelni harakatlantirmoqchi bo'lgan yo'nalishni tanlang.

Harakat rejimi : Ikkita rejim mavjud: Qadam va uzluksiz.

- Qadam: Dvigatel siz kiritgan qiymatga asoslangan holda harakat qiladi (1 dan 128 gacha).

- Uzluksiz: Dvigatel siz To'xtatish tugmasini bosmaguningizcha uzluksiz harakatlanadi.

TP sinovi : O'zingiz sozlamoqchi bo'lgan TP sinovini tanlang.

Cheklanishni or'natish : Dvigatel faqat o'rnatilgan yo'nalishda harakatlanishi uchun dvigatel harakatini sharqqa yoki g'arbga o'rnating.

- Yoqish: Siz G'arb/Sharqni tanlash orqali joriy yo'nalishdagi harakatga cheklanish o'rnatishingiz mumkin.

- O'chirish: Siz o'zingiz o'rnatgan cheklanishni bekor qilishingiz mumkin.

Nolga o‘ting: Siz dvigatelni nolga ko'chirishingiz mumkin

Xotiralash: Siz dvigatelning joriy yo'nalishini saqlashingiz mumkin.

Kabel RTV sozlamalari

SETTINGS O'RNATISH Kabel RTV sozlamalari

[Faqat Kabel, Kabel va Sun'iy yo'ldosh rejimida]
Kanalning avtomatik yangilanishi yoqilganda, siz yangilanishi mumkin bo'lgan dasturlar, jumladan hozirda ko'rayotgan dasturga oid ma'lumotlarni yangilashingiz mumkin. Kanalning avtomatik yangilanishi o'chirilganda, siz faqat hozirda ko'rayotgan dasturga oid ma'lumotlarni yangilashingiz mumkin.
Sun'iy yo‘ldosh parametri

SETTINGS O'RNATISH Sun'iy yo‘ldosh parametri

[Faqat Sun'iy yo'ldosh, Antenna va Sun'iy yo'ldosh, Kabel va Sun'iy yo'ldosh rejimida]
Siz o'zingiz xohlagan sun'iy yo‘ldoshni qo'shishingiz/o'chirishingiz/o'rnatishingiz mumkin.
Dasturlar ro'yxatini yangilash

SETTINGS O'RNATISH Dastur ro‘yx. yangilamoq

U mamlakatdagi signal tarqatish holatlari va sun'iy yo'ldoshga asoslangan holda o'zgartirilgan Dasturlar ro'yxatini yangilaydi.
U televizor doimo ochiq holatda bo'lganida Dasturlar ro'yxatini yangilaydi. Yangilangandan keyin Dasturlar ro'yxati o'zgarishi mumkin. Agar xohlamasangiz, O'chirish-ni tanlang.
Mahalliy dastur

SETTINGS O'RNATISH Mahalliy dastur

[Faqat Avstriya uchun]
[Faqat Sun'iy yo'ldosh, Antenna va Sun'iy yo'ldosh, Kabel va Sun'iy yo'ldosh rejimida]
Mintaqaviy ko'rsatuvni o'rnating va belgilangan vaqtda mintaqaviy ko'rsatuvni ko'ring.
Qo'lda sozlashdan foydalanish

SETTINGS O'RNATISH Qo'lda sozlash

Dasturlarni qo'lda sozlaydi va natijalarni saqlaydi.
Raqamli uzatish uchun signal kuchi va signal sifatini tekshirish mumkin.
Signallarni analoq uzatishlar uchun siz stansiya nomlarini o'rnatishingiz va aniq sozlashdan foydalanishingiz mumkin (Sun'iy yo'ldosh rejimi bundan mustasno). Odatda faqat signalni qabul qilish kuchsiz bo'lgan hollardagina aniq sozlashdan foydalanishga to'g'ri keladi.
Dasturlarni tahrirlash

SETTINGS O'RNATISH Dasturni tahrirlash

Saqlangan dasturlarni tahrirlaydi.
Tanlangan dasturni yoqtirgan dastur sifatida o'rnating, dasturni to'sib qo'ying/dasturdan to'siqni olib tashlang va hokazo.