Tasvirlar ustasi bilan tasvirni o'zgartirish
[Bu xususiyat faqat ba'zi bir modellarda mavjud]
Qimmat model qurilmalarsiz yoki mutaxassisdan yordam olmagan holda masofadan boshqarish pulti, va Tasvirlar ustasidan foydalanib, optmal tasvir sifati uchun kalibrlaydi va sozlaydi.
Optimal tasvir sifatiga erishish uchun ekrandagi ko'rsatmalarga amal qiling.
Tasvirlarni ko'rsatish rejimini tanlash
Atrof yoki dasturni ko'rish uchun optimallashtirilgan tasvirlarni ko'rsatish rejimini tanlaydi.
- Aniq tasvir : Yorqin tasvirlarni namoyish qilish uchun kontrast, ravshanlik va o'tkirlikni kuchaytiradi.
- Standart : Tasvirlarni kontast, ravshanlik va o'tkirlikning standart darajalarida namoyish qiladi.
- Eco/APS: [Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud] Energy Saver (Quvvatni tejash) xususiyati quvvat iste'molini kamaytirish uchun televizordagi sozlanmalarni o'zgartiradi.
- Kino / O'yin : Kinolar, o'yinlar uchun optimal tasvirni namoyish qiladi.
- Sport : [Bu xususiyat faqat ma'lum mamlakatlarda mavjud.] Sport uchun optimallashtirilgan tasvirlarni ko'rsatish rejimi. To'p uzatmalari va o'yin anjomlari yorqin ranglarda tezkor harakatlar uchun o'ta tiniq tasvirlar birga taqdim etiladi.
- Futbol: [Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.] Futbol matchlari uchun tasvirlarni ko'rsatish rejimi optimallashtirilgan. To'p uzatmalari va o'yin anjomlari yorqin ranglarda tezkor harakatlar uchun o'ta tiniq tasvirlar bilan birga taqdim etiladi.
Ekspert: Ekspertlar va havaskorlarga eng yaxshi televizor ko'rishdan rohatlanishlariga imkon beruvchi tasvir sifatini sozlash uchun menyu. Bu ISF sertifikatiga ega bo'lgan tasvirlarni sozlash professionallari uchun taqdim etilgan sozlash menyusidir. (ISF logotipidan faqat ISF sertifikatiga ega bo'lgan televizorlarda foydalanish mumkin.)
ISFccc: Tasvirning sifatiga baho berish institutining sertifikatiga ega kalibrlash boshqaruvi
Kirish signaliga bog'liq ravishda tasvirlarni ko'rsatish rejimlarining mavjud diapazoni farq qilishi mumkin.

ISF funksiyasi faqat ayrim modellarda mavjud.
Tasvirlarni ko'rsatish rejimini nozik sozlash
Avval o'zingiz xohlagan Tasvirlarni ko'rsatish rejimini tanlang.
Fon ravshanligi: LCD panel yorqinligini o'zgartirish orqali displey yorqinligini sozlaydi.
Panel chirog'i: PDP panel yorqinligini o'zgartirish orqali displey yorqinligini sozlaydi.
Kirish signali yoki boshqa tasvir sozlanmalariga bog'liq ravishda sozlash uchun elementlarning to'liq diapazoni farq qilishi mumkin.
Mukammal boshqaruvni o'rnatish
Ekranni har bir tasvirlarni ko'rsatish rejimi uchun moslashtiradi; yoki tasvir sozlanmalarini ma'lum bir ekran uchun sozlaydi. Avval o'zingiz xohlagan Tasvirlarni ko'rsatish rejimini tanlang.
- Dinamik kontrast: Kontrastni tasvir yorqinligiga ko'ra optimal darajaga o'zgartiradi.
- Dinamik rang: Tasvir tabiiyroq ranglarda ko'rinishi uchun ranglarni sozlaydi.
- Teri rangi: Teri rangini foydalanuvchi tomonidan belgilangan kabi qo'llash uchun Teri rangi spektrini alohida o'rnatadi.
- Osmon rangi : Osmon rangi alohida o'rnatiladi.
- Maysa rang : Tabiiy ranglar spektri (o'tloqlar, qirlar va boshqalar) alohida o'rnatilishi mumkin.
- Gamma: Kirish signaliga nisbatan tasvir signali chiqishiga ko'ra gradatsiyalar egri chizig'ini o'rnatadi.
- Rang qamrovi: Ifodalanishi mumkin bo'lgan Ranglar diapazonini tanlaydi.
- Chetlarini belgilash: Videoning tiniqroq va aniqroq, shu bilan birga tabiiy bo'lgan kontur chiziqlarni ko'rsatadi.
- Ekspert sxemasi: [Bu xususiyat faqat ba'zi bir modellarda mavjud] Sxemalar ekspert sozlashi uchun ishlatiladi
- Rang filtri: Rang to'yinganligi va tusini aniq sozlash uchun RGB ranglaridagi maxsus rang spektrini filtrlaydi.
- Rang harorati: Ekranning umumiy tonini istalgani kabi sozlaydi. Ekspert rejimida batafsil nozik sozlash Gamma usuli va boshqalar orqali o'rnatilishi mumkin.
- Rang boshqarish tizimi: Bu ekspertlar test sxemasi bilan rangni sozlashlari uchun foydalanadigan tizimdir. Ular boshqa ranglarga ta'sir ko'rsatmagan holda oltita (Qizil / Yashil / Ko'k / Havorang / To'q qizil / Sariq) rang maydonidan tanlashlari mumkin. Normal tasvirlar uchun sozlashlar ranglarning sezilarli o'zgarishiga olib kelmaydi.
Kirish signali yoki boshqa tasvir sozlanmalariga bog'liq ravishda sozlash uchun elementlarning to'liq diapazoni farq qilishi mumkin.
Qo'shimcha rasm opsiyalarini o'rnatish
[Bu xususiyat faqat ba'zi bir modellarda mavjud]
Tasvirlar uchun to'liq sozlanmani sozlaydi.
- Shovqinni pasaytirish : Tasvirdagi shovqinni bartaraf qiladi.
- Shovqinni pasaytiruvchi MPEG formati : Raqamli tasvir signallarini yaratishda hosil bo'lgan shovqinni bartaraf qiladi.
- Qora darajasi : Ekran qoraligidan (qora darajasidan) foydalangan holda kirish signali qora darajasiga mos bo'lishi uchun ekran ravshanligi va kontrastini sozlaydi.
- Haqiqiy kino : Ekranni kino ko'rish uchun optimallashtiradi.
- Motion Eye Care : [Bu xususiyat faqat ba'zi bir modellarda mavjud.] Ravshanlikni ekrandagi tasvir harakatiga mos holda sozlash orqali quvvat iste'molini saqlaydi.
SUPER Energy Saving : [Bu xususiyat faqat ba'zi bir modellarda mavjud.] Ravshanlikni ekrandagi tasvir harakatiga mos holda sozlash orqali quvvat iste'molini saqlaydi.
Kirish signali yoki boshqa tasvir sozlanmalariga bog'liq ravishda sozlash uchun elementlarning to'liq diapazoni farq qilishi mumkin.
Tasvir sozlanmalarini qayta tiklash
Foydalanuvchi o'zgartiradigan tasvir sozlanmalarini qayta tiklaydi.
Har bir tasvirlarni ko'rsatish rejimi qayta tiklanadi. O'zingiz qayta tiklamoqchi bo'lgan tasvirlarni ko'rsatish rejimini tanlang.