[Bu funksiya faqat ba'zi bir modellarda yoki ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.]
Tarmoqqa ulanish
  1. HOMESozlanmalarTarmoqTarmoqni sozlash-ni tanlang.
  2. IP-rejim Avtomatik IP o'rnatish yoki Qo'lda IP o'rnatish-ga o'rnating.
    • Avtomatik IP o'rnatish
      Agar Internet xizmatingiz keng polosali bo'lsa, ushbu rejimni tanlang.
    • Qo'lda IP o'rnatish
      Agar siz ofisdagi Internetdan foydalansangiz (masalan, o'zgarmas IP), ushbu rejimni tanlang.
  3. Agar siz Qo'lda IP o'rnatish-ni tanlasangiz, IP-manzilni kiriting.
  4. Tarmoqqa ulanish uchun Ulanishni Boshlash tugmasini tanlang.
Tarmoqni o'rnatish - ogohlantirish
Standart LAN kabelidan (RJ45 ulagichiga ega bo'lgan Cat5 yoki yuqoriroq, 10 Base-T yoki 100 Base TX LAN port) foydalaning.
Modemni qayta o'rnatish tarmoq ulanishi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin. Ushbu muammoni hal qilish uchun qaytadan uzib-ulang va keyin qayta yoqing.
LG Electronics har qanday Internet ulanishi muammolari yoki Internet ulanishi tufayli vujudga kelgan nosozliklar, noto'g'ri ishlashlar yoki xatolar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
Internet xizmati provayderiga bog'liq ravishda tarmoq ulanishi to'g'ri ishlamasligi mumkin.
DSL xizmati uchun DSL modemi talab qilinadi; kabelli xizmat uchun kabelli model talab qilinadi. O'zingizning Internet xizmati provayderi (ISP) bilan tuzgan shartnomangizga bog'liq ravishda faqat cheklangan sondagi Internet ulanishlari mavjud bo'lishi yoki televizion tarmoqni o'rnatish mavjud bo'lmasligi mumkin. (Agar bitta liniyaga faqat bitta qurilmani ulashga ruxsat berilsa va kompyuter allaqachon ulangan bo'lsa, boshqa qurilmalardan foydalanib bo'lmasligi mumkin.)
Agar siz butun mahalliy uy tarmog'ini o'chirmasangiz, ayrim qurilmalarda tarmoq trafigi sodir bo'lishi mumkin.
Tarmoq qurilmalardagi noto'g'ri sozlanmalar televizorni sekin ishlashiga yoki to'g'ri ishlamasligiga sabab bo'lishi mumkin. Qurilmalarni tegishli qo'llanmaga muvofiq to'g'ri ulang va tarmoqni o'rnating.