Yuqoriga > XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI > OGOHLANTIRISH > Tеxnik xavfsizlik

Tеxnik xavfsizlik

  • Ushbu jihoz jismoniy qobiliyati chеklangan (jumladan, bolalar), sеzgi yoki aqliy qobiliyati chеklangan, foydalanish tajribasi va bilimi kam shaxslar tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallanmagan. Agar ularning xavfsizligi uchun javobgar biror shaxs jihozdan foydalanishda ularni nazorat qilib tursa yoki ko‘rsatma bеrib tursa, bu mumkin.

  • Bolalar jihoz bilan o‘ynamasligi uchun ularni nazorat qilish shart.

  • Jihoz ishlayotgan vaqtda bolalar va uy hayvonlari nazorat ostida boʻlishi lozim.

  • Elektr kabeli shikastlangan hollarda yetishi mumkin bo‘lgan zararlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko‘rsatish agenti yoki boshqa malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.

  • Bu vakuum shlangi elektr ulanishlariga ega:

    • Suvni tortib olish uchun foydalanmang.

    • Tozalayotgan vaqtda uni suvga botirmang.

    • Shlangni vaqti-vaqti bilan koʻzdan kechirib, agar shikastlangan boʻlsa, foydalanishni toʻxtating.

    • Shlangni qirqmang yoki uni boshqa biror usulda oʻzgartirmang.