Ionlashtirgich va havo tozalash filtri xona ichidagi havoni yoqimli qiladi.
Havoni tozalash operatsiyasini ishga tushirish uchun Air Purify tugmasini bosing.
Displey ekranida D ko‘rsatiladi.
Sovutish, namsizlantirish, isitish yoki avtomatik almashtirish operatsiyasi ishlayotgan vaqtda Air Purify tugmasini bossangiz, bu operatsiya bilan bir vaqtda havoni tozalashdan foydalanishingiz mumkin.
Havoni tozalash operatsiyasi ishlayotgan vaqtda Mode tugmasini bossangiz, bu operatsiya bilan bir vaqtda sovutish, namsizlantirish, isitish yoki avtomatik almashtirish operatsiyasidan foydalanishingiz mumkin.
Changlar sensori xona ichidagi havoning ifloslanganlik darajasini aniqlaydi va agar umumiy tozalik Sabzi rang (Yomon) darajasida bo‘lsa, u avtomatik tarzda havoni tozalash operatsiyasini ishga tushiradi. Umumiy tozalik Yashil (Yahshi) darajaga yetganida havoni tozalash operatsiyasi ishlashdan to‘xtaydi. Agar siz smart havoni tozalash operatsiyasining ishlashini xohlamasangiz, Air Purify tugmasini bosish orqali tozalang. Mahsulotni o‘chirib yoqmaginingizcha havoni tozalash operatsiyasi avtomatik tarzda ishga tushirilmaydi.
U faqat umumiy tozalik funksiyasi qo‘llanilgan modelda ishlaydi.
Havoni tozalash operatsiyasi ishlayotgan vaqtda mahsulotning tepa tomoniga tegmang. (Chang to‘plash ionlashtirgichidan chiquvchi anion tomonidan statik elektr toki hosil bo‘lishi mumkin.)
Jihoz yaqiniga metalldan qilingan buyumlar qo‘ymang. (Chang to‘plash ionlashtirgichidan chiquvchi anion tomonidan statik elektr toki hosil bo'lishi mumkin.)
Havoni tozalash yakka operatsiyasi quyi energiya sarfi bilan boruvchi operatsiyadir.
Havoni tozalash yakka operatsiyasi ishlayotgan vaqtda shamol yo‘nalishi funksiyasidan foydalanilishi mumkin, biroq haroratni nazorat qilish funksiyasidan foydalanib bo‘lmaydi.
Sovutish yoki namsizlantirish operatsiyasi davomida agar yakka havoni tozalash operatsiyasini ishlatishishni xohlasangiz, mahsulotni o‘chirish uchun Power tugmasini bosing va Air Purify tugmasini bosing.
Ionlashtirgich va filtr komponentlari turli modellar uchun turlicha bo‘lishi mumkin.