Yuqoriga > XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI > MUHIM XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI > Texnik xavfsizlik

Texnik xavfsizlik

  • Ruxsati bo‘lmagan shaxslar tomonidan o‘rnatish yoki ta’mirlash sizga va boshqalarga xavf tug‘dirishi mumkin.

  • Sovutish vositasi zanjirida ishlash yoki uni ochish bilan shug‘ullanadigan har qanday shaxs uning tarmoqda tan olingan baholash spetsifikatsiyasiga ko‘ra sovutish vositasi bilan xavfsiz tarzda ishlay olish vakolatini tasdiqlovchi sanoatda akkreditatsiyalangan baholash organining amaldagi sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.

  • Texnik xizmat ko‘rsatish faqat qurilma ishlab chiqaruvchisi tomonidan tavsiya etilgan tarzda amalga oshirilishi kerak. Boshqa malakali xodimlarning yordamini talab qiladigan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yonuvchan sovutish vositalaridan foydalanish bo‘yicha vakolatga ega shaxsning nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.

  • Qo‘llanmadagi ma’lumotlar xavfsizlik tartib-qoidalarini yaxshi biladigan va tegishli asboblar va sinov asboblari bilan jihozlangan malakali xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan.

  • Ushbu qo‘llanmadagi barcha ko‘rsatmalarni o‘qib chiqmaslik va ularga rioya qilmaslik qurilmaning noto‘g‘ri ishlashiga, mulkning shikastlanishiga, shaxsiy jarohatlarga va/yoki o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.

  • Qurilma elektr simarni ulash milliy qoidalariga muvofiq o‘rnatilishi kerak.

  • Elektr shnurini almashtirish kerak bo‘lganda, almashtirish ishlari faqat asl ehtiyot qismlardan foydalangan holda vakolatli xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.

  • Elektr tok urishining oldini olish uchun ushbu qurilma tegishli darajada zazemlenie qilinishi kerak.

  • Elektr vilkasidan yerga ulash tirgaklarini kesmang yoki olib tashlamang.

  • Yerga ulanish simini elektr rozetkasiga ulash yerga ulaninganlikni bildirmaydi, toki vilkasi metal bo’lmaguncha, va izolyatsiyasi yechilib tegishli ravishda yerga ulanmaguncha.

  • Agar konditsionerning to‘g‘ri yerga ulanganligiga shubhangiz bo‘lsa, elektr rozetkasini va kontaktlarni malakali elektr ustasiga tekshirtirib ko‘ring.

  • Qurilmada ishlatiladigan sovutish vositasi va izolyatsion puflovchi gaz yoʻq qilish tartib-qoidalarini talab qiladi. Ularni utilizatsiya qilishdan oldin xizmat koʻrsatish agenti yoki shunga oʻxshash malakali shaxs bilan maslahatlashing.

  • Agar elektr simi shikastlangan bo‘lsa, xavfni oldini olish uchun uni ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko‘rsatish agenti yoki shunga o‘xshash malakali shaxs tomonidan almashtirilishi kerak.

  • Qurilma ishlash uchun mo‘ljallangan kattalikdagi yaxshi shamollatiladigan xonada saqlanishi kerak.

  • Qurilma doimo ochiq olov yonib turmaydigan (masalan, ishlayotgan gaz qurilmasi) va uchqun manbalari (masalan, ishlayotgan elektr istigich) bo‘lmagan xonada saqlanishi kerak.

  • Qurilma mexanik shikastlanishlarning oldini olish mumkin bo‘lgan tarzda saqlanishi kerak.

  • Jihozdan maqsadsiz foydalanish yoki korpusining shikastlanishi xavfli UV-C nurlanishining chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. UV-C nurlanishi, hatto kichik dozalarda ham, ko‘z va teriga zarar yetkazishi mumkin.

  • Ushbu qurilmada UV-C chiroq mavjud, yorug‘lik manbasiga qaramang.

  • Jihozlar shikastlanganda yoki almashtirish kerak bo‘lganida, elektr ta’minotini uzing va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

  • UV-C chiroqdan jihozdan tashqarida foydalanmang.

  • Ishlayotgan paytida havo deflektorini tozalamang va unga tegmang.

  • Foydalanuvchi tomonidan texnik xizmat ko‘rsatilishi uchun eshiklarni ochish va ultrabinafsha nurlanish xavfi belgisi bo‘lgan kirish panellariga kirishdan oldin elektr tarmog'ini uzib qo‘yish tavsiya etiladi.

  • Jihozni ochishdan oldin texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘qib chiqing.

  • Shikastlanganligi aniq bo‘lgan jihozlar ishlatilmasligi kerak.

  • UV-C chiroqni almashtirishdan oldin jihoz elektr tarmog‘idan uzilishi kerak.