Yuqoriga > ISHLATISH > Boshqaruv paneli > Boshqaruv paneli va funksiyalar

Boshqaruv paneli va funksiyalar

*1

Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.

  1. Vacation

    Bu funksiya ta’til tufayli uydan uzoqda bo‘lganingizda foydalidir. Bu funksiya yoqilganida muzlatish kamerasi harorati -15 °C bo‘ladi. Bu funksiya o‘chirib qo‘yilganida muzlatish kamerasi harorati avvalgi harorat sozlamalariga qaytadi.

    • Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.

    • Bu funksiya yoqilganida Wi-Fi tugmasidan boshqa tugmalar ishlamaydi.

    • Eco Friendly funksiyasining nomi Vacation ga o‘zgartirildi.

    DIQQAT
    • Bu funksiya yoqilganida sukut bo‘yicha haroratga qaraganda pastroq haroratni talab qiluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda ehtiyot bo‘ling.

    • Uyda qaytganingizda boshqa tugmalarni blokdan chiqarish va muzlatkichni avvalgi sozlamalariga qaytarish uchun bu funksiyani o‘chirib qo‘yishni unutmang.

  2. Freezer

    -15 °C dan -23 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.

    • Muzlatish kamerasining sukut bo‘yicha harorati -19 °C.

  3. Express Freeze

    Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini beradi.

    • Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.

    • Bu funksiya ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.

    • Bu rejim yoqilganida shovqinlar hosil bo‘lishi va energiya iste’moli ortishi mumkin.

  4. Wi-Fi*1

    Wi-Fi tugmasi LG ThinQ ilovasi bilan birgalikda ishlatilganda, muzlatkichni uy Wi-Fi tarmog‘iga ulash imkonini beradi. Ilovaning dastlabki sozlamalari bo‘yicha ma’lumot uchun Smart funksiyalar bo‘limiga qarang.

    • Wi-Fi tugmasini 3 soniya bosib, tarmoqqa ulang.

Izoh
  • Jihozni tozalash davomida biror barmoq yoki teri boshqaruv paneliga tegib ketsa, ushbu tugma funksiyasi ishga tushib ketishi mumkin.