USB simli / simsiz sichqonchadan foydalanish
Sichqonchangizni USB portiga ulang. Televizor ekranidagi ko'rsatkichni harakatlantirish va o'zingiz xohlagan menyuni tanlash uchun sichqonchadan foydalaning.
Sichqoncha Magic masofadan boshqarish pulti
Chap tugma Magic masofadan boshqarish pultidagi OK tugmasi
G'ildirak tugmasi Magic masofadan boshqarish pultidagi G'ildirak tugmasi
Sichqonchadagi o'ng va maxsus tugmalar ishlamaydi.
Simsiz USB sichqonchadan foydalanishga radio to'lqinli muhit va masofa ta'sir ko'rsatishi mumkin.
USB simli / simsiz klaviaturadan foydalanish
Klaviaturangizni USB portiga ulang. Qidirish funksiyasidan va internetdan foydalanayotganda, siz klaviatura bilan matn kiritishingiz mumkin.
Ayrim ekranlarda matnni kiritib bo'lmasligi mumkin.
LG TV bilan mosligi sinab ko'rilgan mahsulotdan foydalanish tavsiya qilinadi.
LOGITECH K200, LOGITECH K400, MICROSOFT Comfort Curve 2000, MICROSOFT MS800 va LG Electronics ST-800
Klaviaturadagi tilni o'zgartirish (yoki o'ng Alt tugmasi) tugmasini bosish orqali kiritish tilini o'zgartirishingiz mumkin.
O'yin planshetidan foydalanish
Agar o'yin planshetidan foydalanishni o'yin talab qilsa, o'yin planshetini televizorning USB portiga ulang.
LG TV bilan mosligi sinab ko'rilgan vakolatli o'yin planshetidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Logitech F310, Logitech F510, Logitech F710, Logitech Rumblepad 2, Logitech Cordless Rumblepad 2, Logitech Dual Action Gamepad, Microsoft Xbox 360 Controller (simli) va SONY PLAYSTATION®3 Controller