Tasvir formatini o'zgartirish
Sozlanmalar TASVIR Tasvir formati
Ekran tomonlari nisbatini tanlaydi.
| 16:9 | Ekran kengligiga mos bo'lishi uchun tasvirlarning o'lchamlarini o'zgartiradi. |
| Aniq tasvir | Tasvir qirralarining qismlarini olib tashlamagan holda video tasvirlarni asl o'lchamlarida namoyish qiladi.
|
| Asl | Televizoringiz keng ekranli signalni qabul qilganda uni avtomatik ravishda efirga uzatilayotgan tasvir formatiga o'zgartiradi. |
| Butun ekranga | Televizor keng ekranli signalni qabul qilganda u butun ekranni to'liq to'ldirish uchun sizga tasvirni gorizontal yoki vertikal yo'nalishda chiziqli o'zgartirishingizga imkon beradi. 4:3 va 14:9 video DTV kirishi orqali videoning buzilishisiz to'liq ekranda qo'llab-quvvatlanadi.
|
| 4:3 | Tasvirlar o'lchamini avvalgi 4:3 standartga o'zgartiradi. |
| 14:9 | Siz 14:9 formatidagi tasvirlarni yoki 14:9 rejimidagi oddiy televizion dasturlarni ko'rishingiz mumkin. 14:9 nisbatdagi ekran 4:3 nisbatdagi ekran kabi ko'rinadi, biroq yuqoriga yoki pastga siljiydi. |
| Yiriklashtirish | Ekran kengligini to'ldirish uchun tasvir o'lchamlarini o'zgartiradi. Tasvirning yuqori va pastki qismlari qirqib tashlanishi mumkin. |
| Kinomatografik yiriklashtirish | Tasvirni to'g'ri nisbatda kattalashtirmoqchi bo'lsangiz, Kinomatografik yiriklashtirishni tanlang. |
Tashqi qurilmani ko'rish vaqtida, quyidagi hollarda qoldiq tasvirning hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin:
- statsionar sarlavhaga (tarmoq nomi kabi) ega bo'lgan video
- uzoq vaqt 4 : 3 tasvir formatidan foydalanish.
Kirish signaliga bog'liq ravishda mavjud tasvir o'lchami farq qilishi mumkin.
[2160p ni qo'llab-quvvatlovchi modellar uchun] Kirish signali 2160p da bo'lganda yoki kompyuter ekranining tasvir aniqligi 3840 x 2160 ga o'rnatilganda Tasvir formati o'zgarmas va Aniq tasvir bo'ladi.