Parol o'rnatish
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar QULF Parol o'rnatish
Televizor parolini o'rnatadi yoki o'zgartiradi.
Dastlabki parol "0000"sifatida o'rnatiladi.
Mamlakat sifatida Fransiya tanlanganda, parol "0000" emas, balki "1234" dan iborat.
[Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.]
Mamlakat sifatida Fransiya tanlanganda, parolni "0000" ga o'rnatib bo'lmaydi.
[Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.]
Tizimni qulflash
This is the Home button on the Magic remote control. Sozlanmalar QULF Tizimni qulflash
Kanallarni yoki tashqi kirishni to'sib qo'yish orqali faqat ma'lum dasturlarni ko'rishga ruxsat beradi.
Tizimni qulflash-ni Yoqish-ga o'rnatishni tanlang.
Dasturni to'sib qo'yish Bolalar uchun mos bo'lmagan tarkiblarga ega bo'lgan kanallarni to'sib qo'yadi. Kanalni tanlash mumkin, biroq ekran bo'sh va ovoz o'chirilgan holda bo'ladi.
  • Qulflangan kanalni ko'rish uchun parolni kiriting.
Reyting [Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.]
Televizorda efirga uzatilayotgan va mos bo'lmagan tarkiblarga ega bo'lgan kinolarni to'sib qo'yadi.
  • Blokirovka o'chirildi : (Umumiy tomoshabinlar uchun) Barcha yoshdagilar qabul qilinadi
  • 10 yoshdan katta bolalarga : (Ota-ona nazorati nazarda tutiladi) Ayrim materiallar bolalar uchun mos bo'lmasligi mumkin
  • 12 yoshdan katta bolalarga : (Ota-onalar kuchli ogohlantiriladi) Ayrim materiallar 12 yoshdan kichik bolalar uchun mos bo'lmasligi mumkin
  • 14 yoshdan katta bolalarga : (Cheklangan) 14 yoshdan kichik bolalar ota-onalari yoki yoshi katta vasiy bilan ko'rishlari talab qilinadi
  • 16 yoshdan katta bolalarga : 16 yosh va undan kichik bolalarga ko'rishga ruxsat berilmaydi.
  • 18 yoshdan katta bolalarga : Faqat kattalar uchun
Faqat ota-onalari bilan birga ko'rishlari mumkin [Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.]
Bu funksiya efirga uzatuvchi stansiyasidan olingan ma'lumotlarga ko'ra ishlaydi. Shuning uchun signalda noto'g'ri ma'lumotlar mavjud bo'lgan hollarda bu funksiya ishlamaydi.
O'rnatilgan reytinglar limitiga ko'ra bolalarni ma'lum kattalar uchun mo'ljallangan televizion dasturlarini ko'rishlarining oldini oladi.
Blokirovka qilingan dasturni ko'rish uchun parolni kiriting.
Reyting mamlakatga ko'ra farq qiladi.
Film reytingi [Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.]
Amerikaning kinomatografiya uyushmasi (MPAA) reytingiga asoslangan holda televizorda efirga uzatilayotgan va mos bo'lmagan tarkiblarga ega bo'lgan kinolarni to'sib qo'yadi.
  • G : (Barcha tomoshabinlar) Barcha yoshdagilarga ruxsat beriladi.
  • PG : (Ota-ona nazorati nazarda tutiladi) Ayrim materiallar bolalar uchun mos bo'lmasligi mumkin.
  • PG-13 : (Ota-onalar kuchli ogohlantiriladi) Ayrim materiallar 13 yoshdan kichik bolalar uchun mos bo'lmasligi mumkin.
  • R : (Cheklangan) 17 yoshdan kichik bolalar ota-onalari yoki yoshi katta vasiy bilan ko'rishlari talab qilinadi.
  • NC-17 : 17 yosh yoki undan kichiklarga ko'rishga ruxsat berilmaydi.
  • X : Faqat kattalar.
Bolalar uchun teledasturlar reytingi [Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.]
Ota-onalar bolalarining ko'rishlarini xohlamagan bolalar uchun mo'ljallangan tevevizion dasturlarni blokirovka qiladi. Boshqa televizion dasturlarni blokirovka qilish uchun siz Istalgan yoshdagi shaxslar uchun teledasturlar reytingi funkisyasini o'rnatishingiz kerak.
  • Yosh : TV-Y (Barcha bolalar, jumladan 2-6 yoshli bolalar), TV-Y7 (Kattaroq yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan, 6 yosh va undan katta bolalar uchun mos)
  • Fantastik personajlarga nisbatan zo'ravonlik : TY-Y7 (Kattaroq bolalar uchun mo'ljallangan - Fantastik personajlarga nisbatan zo'ravonlik 6 yosh va undan kattaroq uchun mos, ko'proq darajada yoki jangovar fantastik personajlarga nisbatan zo'ravonlikni o'z ichiga oladi)
Istalgan yoshdagi shaxslar uchun teledasturlar reytingi [Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.]
Ota-ona nazorati funksiyasidan (V-Chip) foydalanib, reytinglarga asoslangan holda o'zingiz xohlagan TV dasturlarni blokirovka qiladi.
  • V-Chip TV dasturlar reytingini elektron ravishda o'qiydi va ota-onalarga bolalarga mos bo'lmagan dasturlarni blokirovka qilishlariga imkon beradi.
  • Yosh : TV-G (Barcha tomoshabinlar, barcha yoshdagilar uchun mos)
    TV-PG (Ota-ona nazorati nazarda tutiladi, yoshroq bolalar uchun mos bo'lmagan tarkiblar mavjud)
    TV-14 (Ota-onalar kuchli ogohlantiriladi, 14 yosh va undan kichik bolalar uchun mos bo'lmagan materiallar mavjud)
    TV-MA (Faqat yoshi katta tomoshabinlar, 17 yoshdan kichiklar uchun mos emas)
  • Dialog : (ahloqsiz so'zlar mavjud bo'lgan dialog) TV-PG yoki TV-14
  • Til : (qo'pol til)TV-PG, TV-14 yoki TV-MA
  • Seks : (seksual holat) TV-PG, TV-14 yoki TV-MA
  • Zo'ravonlik : TV-PG, TV-14 yoki TV-MA
Teledasturlar reytingi - inglizcha [Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.]
Kanadacha ingliz tili reyting tizimini tanlash.
  • E : Reytingsiz
  • C : Bolalar uchun
  • C8+ : Sakkiz yoshdan katta bolalar uchun
  • G : Umumiy dasturlar, barcha tomoshabinlar uchun mos
  • PG : Faqat ota-onalari bilan birga ko'rishlari mumkin
  • 14+ : 14 yoshdan katta tomashabinlarga
  • 18+ : Yoshi kattalar uchun dastur
  • Blokirovka o'chirildi : Barcha dasturlar ruxsat etilgan
Teledasturlar reytingi - fransuzcha [Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.]
Kanada-fransuzcha tili reyting tizimini tanlash.
  • E : Reytingsiz
  • G : Istalgan yoshdagi shaxslar ko'rishi uchun
  • 8ans+ : Istalgan yoshdagi shaxslar ko'rishi mumkin, lekin yosh bolalarga to'g'ri kelmaydi
  • 13ans+ : 13 yoshdan kichik bolalarga to'g'ri kelmaydi
  • 16ans+ : 16 yoshdan kichik bolalarga to'g'ri kelmaydi
  • 18ans+ : Mazkur dastur faqat yoshi kattalar uchun
  • Blokirovka o'chirildi : Barcha dasturlar ruxsat etilgan
Yuklanadigan reyting [Bu xususiyat faqat ba'zi bir mamlakatlarda mavjud.] [Faqat raqamli rejimda]
Bu funksiya faqat televizor 5-Mintaqa Reytingi ma'lumotlarini qabul qilgan hollardagina ishlaydi. Reyting parametrining nomi farq qilishi mumkin.
Tiqish moslamasini blokirovka qilish Kirish manbalarini to'sib qo'ying.
Ilova bloklanishi Ilovani blokirovka qiling.