LG Smart World-dan foydalanish
[Bu xususiyat faqat ma'lum mamlakatlarda mavjud.]
This is the Home button on the Magic remote control. MENING ILOVALARIM LG Smart World
LG Smart World Smart TV xizmatlari orqali foydalanish mumkin bo'lgan televizor dasturi xizmatidir. Siz turli dolzarb pullik/bepul dasturlarni, jumladan ta'lim, ko'ngilxushlik, hayot sohalariga oid dasturlar va yangiliklarni yuklab olishingiz va zavqlanishingiz mumkin.
Ko'rsatilgan tasvir televizoringizdan farq qilishi mumkin.

You can log in to LG SMART WORLD to install apps organized by category and then use them.

  1. Kiring.
    Kirganingizda identifikator namoyish qilinadi.
    Identifikatorni tanlaganingizda siz Mening sahifam va Chiqish-ni tanlashingiz mumkin.
  2. O'rnatish uchun dasturni tanlang.
LG Smart World bilan ro'yxatdan o'tish
This is the Home button on the Magic remote control. Kirish
Dasturlarni yuklab olish va ishga tushirish uchun ro'yxatdan o'tish talab qilinadi.
  1. Ro'yxatdan o'tmoq-ni tanlang va Huquqiy eslatmaga o'z roziligingizni bildiring.
  2. Identifikator va parolni kiriting.
  3. Parolni tasdiqlash qutisida parolni qaytadan kiriting.
  4. Ro'yxatdan o'tish jarayonini nihoyasiga yetkazish uchun OK-ni tanlang .
Siz televizoringizda yoki veb-saytda a'zolik uchun ro'yxatdan o'tishingiz mumkin
(www.lgappstv.com).
A'zolik uchun ro'yxatdan o'tgandan so'ng, bir xil identifikator bilan televizoringiz va veb-saytimizga kiring.
Siz bitta identifikator bilan beshtagacha bo'lgan televizorga kirishingiz mumkin.
Veb-saytdan (www.lgappstv.com) ayrim mamlakatlarda foydalanib bo'lmaydi.
Televizorga ilova o'rnatish
This is the Home button on the Magic remote control. MENING ILOVALARIM LG Smart World
  1. Kirish uchun bosh ekranning yuqori qismidagi Kirish tugmasiga cherting.
  2. LG Smart World kartasini tanlang.
  3. Ro'yxatdan o'zingiz xohlagan ilovani tanlang.
  4. Ilova ma'lumotlarini tekshiring, keyin O'rnatish yoki Sotib olish tugmasini tanlang.
  5. Ilovani o'rnatish uchun talab qilinadigan funksiyalar yoki televizor aksessuarlariga ega ekanligingizni tekshiring, keyin OK tugmasini tanlang.
  6. Pullik ilovalar uchun to'lov va xaridni tasdiqlash talab qilinadi.
  7. Ilovani o'rnatish tugallangandan keyin ilovani darhol ishga tushirish uchun Ishga tushirmoq-ni tanlang. Agar siz darhol ishga tushirishni xohlamasangiz, Yopish-ni tanlang. Agar siz ilovani keyinroq ishga tushirishni xohlasangiz televizorga o'rnatilgan ilovalar ro'yxatini ko'rish uchun Mening ilovalarim-ni tanlang.
Siz ilovalarni kompyuter yoki televizor orqali sotib olishingiz mumkin, biroq ularni o'rnatish va ishga tushirish uchun televizordan foydalanishingiz kerak.
Agar televizoringizda yetarli joy bo'lmasa, siz ilovalarni televizorning USB ilovalari uchun terminali orqali ulangan USB saqlash qurilmasiga yuklab olishingiz mumkin. USB saqlash qurilmasida saqlangan ilovalarni Mening ilovalarim ekranidan ishga tushirish / o'chirish / ko'chirish mumkin.
Ilovalar mavjud bo'lgan USB Xotira qurilmasidan boshqa ma'lumotlar uchun foydalanib bo'lmaydi.
(Faqat USB ilovalari uchun)
Mening ma'lumotlarimni boshqarish
This is the Home button on the Magic remote control. MENING ILOVALARIM LG Smart World
  1. Tizimga kiring.
  2. Ekranning yuqori qismidagi joriy kirgan identifikatorni tanlang.
  3. Mening sahifam-ni tanlang.
  4. A'zo ma'lumotlari, Mening xarid qilgan ilovalarim ro'yxati va televizorga o'rnatilgan ilovalar ro'yxatini tekshirsh orqali boshqaradi.
Mening ma'lumotlarim Hozirda kirgan identifikator to'g'risidagi asosiy ma'lumotlarni namoyish qiladi. O'zingizning a'zolik ma'lumotlaringizni o'zgartirish uchun kompyuteringizda www.lgappstv.com saytiga tashrif buyuring.
To'lov so'rovi Hozirda kirgan identifikatorning to'lovlar tarixini namoyish qiladi.
Sotib olingan ilovalar Ro'yxatga olingan identifikator uchun Mening sotib olingan ilovalarim ro'yxatini ko'rsatadi.
Siz sotib olingan ilovalarni o'chirishingiz / qayta o'rnatishingiz mumkin.