USB qurilmasini ulash
USB xotira qurilmasini (tashqi HDD, USB xotirasi) televizoringizning USB portiga ulang va USB qurilmasiga saqlangan tarkib fayllardan televizoringizda rohatlaning.
O'zingiz olmoqchi bo'lgan USB xotira qurilmasini olish uchun Tezkor foydalanish menyusi USB qurilmasi-ni tanlang; USB qurilmasining uzilganligi to'g'risidagi xabarni ko'rmaguncha uni sug'urib olmang. Agar ertaroq sug'urib olinsa, televizor yoki USB saqlash qurilmasida xatolik yuz berishi mumkin.
USB qurilmasi sug'urib olish uchun tanlangandan keyin uni o'qib bo'lmay qoladi. USB qurilmasini televizordan sug'urib oling va keyin qaytadan ulang.
USB xotira qurilmasidan foydalanish - ogohlantirish
Agar USB xotira saqlash qurilmasida ichki qurilgan avtomatik tanib olish dasturi mavjud bo'lsa yoki u o'zining drayveridan foydalansa, ishlamsaligi mumkin.
Ayrim USB xotira qurilmalari ishlamasligi yoki noto'g'ri ishlashi mumkin.
Agar siz USB uzaytirma kabelidan foydalansangiz, USB qurilmasi tanib olinmasligi yoki to'g'ri ishlamasligi mumkin.
Faqat Windows FAT32 yoki NTFS fayl tizimi bilan formatlangan USB xotira qurilmalaridan foydalaning.
Tashqi USB HDD uchun baholangan kuchlanishi 5 Vdan va baholangan tok kuchi 500 mAdan kam bo'lgan qurilmalardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Quvvat bilan ta'minlangan USB xab yoki qattiq diskdan foydalanish tavsiya qilinadi. (Agar yetarli darajadagi quvvat bilan ta'minlanmasa, USB qurilmasi to'g'ri aniqlanmasligi mumkin.)
Hajmi 32 GB yoki undan kam bo'lgan USB xotira qurilmalari va hajmi 2 TB yoki undan kamroq bo'lgan USB qattiq disklari-dan foydalanish tavsiya qilinadi.
Agar quvvatni tejash funksiyasiga ega bo'lgan USB qattiq diski to'g'ri ishlamasa, televizorni o'chirib yoqing. Batafsil ma'lumotlar olish uchun USB qattiq diski foydalanuvchi qo'llanmasiga qarang.
USB xotira qurilmasidagi ma'lumotlar shikastlanishi mumkin, shuning uchun muhim fayllarning zaxira nusxalarini boshqa qurilmalarga saqlab qo'yishni unutmang. Ma'lumotlarning saqlanishi uchun foydalanuvchi javobgardir va ma'lumotlarning yo'qotilganligi uchun ishlab chiqaruvchi javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.