Yuqoriga > O‘RNATISH > Jihozni tekis joylashtirish > Eshikni yo'nalishini almashtirish

Eshikni yo'nalishini almashtirish

O'zingizga qulay bo'lishi uchun eshikni qayta qarama qarshi tomonga ochiladigan qilib osishingiz mumkin.

OGOHLANTIRISH
  • Jihoz kir yuvish mashinasiga biriktirilganda eshikni qayta osmang.

  • Sharnir burama mixlarini chiqarib olishdan avval eshik og‘irligini ko‘tarish uchun tayanch topib oling. Eshikning og‘irligi tufayli eshik polga yiqilib ketishi mumkin.

  • Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida eshikni qayta osish uchun ikki yoki undan ko‘proq kishi birgalikda ishlashlari kerak.

Izoh
  • Burama mixlarning ko‘rinishlari farq qiladi va holatga ko‘ra burama mixlar turlicha kiritilishi kerak. Qotirishdan avval burama mixning to‘g‘ri tanlanganligiga ishonch hosil qiling.

  • Eshikni oching va eshik sharniridagi 2 ta burama mixni chiqarib oling a. Burama mixlarni chiqarib olgandan keyin eshikni astalik bilan kabinetdan ajratib oling b va yuz tomonini yerga qilgan holda polga qo‘ying.

    OGOHLANTIRISH
    • Avval pastki burama mixni chiqarib oling. Eshik o‘zining og‘irligi bilan polga yiqilishi va zararlanishi mumkin.

  • Eshikning sharniridagi 8 ta burama mixni chiqarib oling c.

    • Old tomonida 6 ta yon tomonida 2 ta burama mix bor.

  • Eshik lo‘kidonidagi 3 ta burama mixni chiqarib oling d, ular eshik va sharnirni qotirishda foydalaniladi, keyin eshik ilgagiga qotirilgan burama mixni chiqarib oling.

  • Sharnirni yig‘ish c va eshik lo‘kidonini yig‘ish holatlarini d almashtiring va keyin burama mixlarni teskari tartibda qotiring.

    • 2 dan 4-qadamda qaragan holda burama mixlarni joylariga to‘g‘ri holatda qotiring.

  • Eshik lo‘kidonini e 2 ta burama mixni chiqarib olgan holda jihoz korpusidan chiqarib oling va keyin qarama-qarshi tomonga yig‘ing.

  • 2 ta bezakli burama mixni chiqarib oling va keyin ularni qarama-qarshi tomonga yig‘ing.

  • Eshikni 1-qadamda chiqarib olingan burama mixlar bilan o‘rnating va keyin eshikning to‘g‘ri yopilishini tekshiring.

Izoh
  • Agar eshikni teskarilasangiz, qo'llanmaga qo'shilgan stikerni (MEZ68823002) shisha eshikka dasta joylashgan joyga yopishtirib qo'ying.