Yuqoriga > O‘RNATISH > Birlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar > O‘rnatish bosqichlari

O‘rnatish bosqichlari

OGOHLANTIRISH
  • Xavfsizlik ta’minlash maqsadlarida o‘rnatish jarayoni ikkita yoki undan ortiq servis xodimi tomonidan bajarilishi kerak.

  • Jihozning og‘irligi va o‘rnatish balandligi o‘rnatish jarayoining bitta shaxs uchun juda xatarli bo‘lishiga olib keladi.

  • Noto‘g‘ri o‘rnatish jiddiy halokatlarga olib kelishi mumkin.

  • Agar jihoz to‘g‘ri biriktirilmagan bo‘lsa, undan foydalanmang.

Izoh
  • Taxlash to‘plami kir yuvish mashinasining chuqurligiga bog‘liq ravishda tenglashtirilishi kerak. (Eshikni ochganingizda yoki kir yuvish mashinasining yon tomoniga qaraganingizda yorliqdagi kir yuvish mashinangizning o‘lchamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni topishingiz mumkin.)

LG taxlash to‘plamini jihozga tenglashtirish

A tur

B tur

550 mm 1 chuqurlik*1 1 599 mm

600 mm 1 chuqurlik*1 1 650 mm

  • A tur uchun u yuqori qismda 550R yoki 550L bilan yig‘ilishi kerak.

  • B tur uchun u yuqori qismda 600R yoki 600L bilan yig‘ilishi kerak.

*1

Kir yuvish mashinasining chuqurligi

  • Jihozni LG old tomondan yuklanuvchi kir yuvish mashinasi ustiga joylashtiring.

  • Har bir tomondagi orqa qoplamaning tag qismidan 2 burama mixni chiqarib oling.

  • LG biriktirish to‘plami teshiklari bilan orqa qoplama teshiklarini bir chiziqqa keltiring.

    • Kir yuvish mashinasining chuqurligi 550 mm yoki undan katta va 599 mm yoki undan kichik bo‘lganida

    • Kir yuvish mashinasining chuqurligi 600 mm yoki undan katta va 650 mm yoki undan kichik bo‘lganida

  • Avvalroq jihozdan bo'shatib olingan 2 ta burama mixni biriktirish to‘plamiga qotiring.

  • Kir yuvish mashinasi orqa qoplamasi bilan biriktirish to‘plamini yig‘ish uchun aksessuarlar qutisidagi 4 ta burama mixdan (16 mm) foydalaning.

  • Qarama-qarshi tomon uchun jarayon bir xil bo‘ladi.