Yuqoriga > XAVFSIZLIK KO‘RSATMALARI > OGOHLANTIRISH > O‘rnatish

O‘rnatish

  • Jihozning malakali servis xodimlari tomonidan o‘rnatish ko‘rsatmalariga ko‘ra to‘g‘ri ornatilganligi, yerga ulanganligi va sozlanganligiga ishonch hosil qiling.

  • Agar jihoz shikastlangan, noto‘g‘ri ishlayotgan, qismlarga ajratilgan yoki qismlari yetishmayotgan yoki singan, jumladan, shnur yoki vilkasi shikastlangan bo‘lsa, uni ishlatmang.

  • Bu jihozni ikki yoki undan ortiq kishi mahkam ushlagan holda joyidan ko‘chirishi lozim.

  • Jihozni nam va chang joyga o‘rnatmang. Jihozni tashqariga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri, shamol yoki yomg‘ir tegadigan, harorat muzlashgacha boradigan joylarga o‘rnatmang yoki saqlamang.

  • Ajralib ketmasligi uchun drenaj shlangini mahkamlab qo‘ying.

  • Agar elektr shnuri shikastlangan yoki rozetkaning teshigi bo‘shab qolgan bo‘lsa, shnurni ishlatmang hamda vakolatli xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

  • Bu jihozni ko‘p o‘rinli rozetka, uzaytirgich kabel yoki adapter yordamida ulamang.

  • Rezinali gubka (lateksli rezina), dush qalpoqlari, suv o‘tkazmas matolar, rezinali qismlariga ega narsalar yoki kiyimlar va yostiqchalar, rezinali tagliklarni moslamada quritmang.

  • Ushbu jihoz qulflanadigan eshik, suriluvchi eshik yoki qarama-qarshi qulfi bor eshik orqasiga o‘rnatiladigan bo‘lsa, jihoz eshigining to‘liq ochilishiga xalaqit bermaydigan tarzda bo‘lishi kerak.

  • Ushbu jihoz erga ulangan bo'lishi kerak. Agar jihoz noto‘g‘ri ishlasa yoki buzilib qolsa, elektr tokini eng kam qarshilik ko‘rsatadigan tomonga yo‘naltirib yuborish orqali tok urishining oldi olinadi.

  • Ushbu jihozning elektr shnuri uskunani yerga ulash simi va vilkasi bilan jihozlangan. Barcha mahalliy qonun-qoidalarga muvofiq tarzda o‘rnatilgan va yerga ulangan rozetkadan foydalanish shart.

  • Uskuna yerga ulash simi noto‘g‘ri ulansa, tok urishi xavfi yuzaga keladi. Jihoz yerga to‘g‘ri ulanganligiga amin bo‘lmasangiz, malakali elektrik yoki xizmat ko‘rsatish xodimiga murojaat qiling.

  • Jihoz bilan birga yetkazib berilgan vilkani o‘zgartirmang. Agar u rozetkaga to‘g‘ri kelmasa, malakali texnik tomonidan tegishli rozetka o‘rnatilishi kerak.