Yuqoriga > AQLLI FUNKSIYALAR > LG ThinQ ilovasi > LG ThinQ ilovasi xususiyatlari

LG ThinQ ilovasi xususiyatlari

Qulay aqlli funksiyalar yordamida qurilmangizga smartfoningizdan ulaning.

Smart pairing (aqilli bog'lanish)

Bu funksiya eng so‘nggi yakunlangan yuvish sikli haqidagi ma’lumotlarga asoslangan holda quritish mashinasi uchun eng yaxshi sikl va sozlamalarni avtomatik tarzda tanlaydi.

Izoh
  • Bu funksiyadan foydalanish uchun kir yuvish mashinasi ham, quritish mashinasi ham LG ThinQ ilovasiga ulangan bo‘lishi kerak.

  • Agar LG ThinQ ilovasida bu funksiyani yoqsangiz va kir yuvish mashinasidan keyin quritish mashinasini yoqsangiz, tavsiya qilinuvchi quritish sikli avtomatik tarzda o‘rnatiladi.

Smart Diagnosis (Aqlli tashxislash)

Ushbu xususiyat foydalanish rejimiga asoslangan qurilmadagi muammolarni aniqlash va hal qilish uchun foydali ma'lumotlarni taqdim etadi.

Majburiy bildirishnomalar

Sikl yakunlanganida yoki jihozda muammolar yuz berganida smartfonda push bildirishnomalarini olish imkoniyati mavjud. Bildirishnomalar hattoki LG ThinQ ilovasi o‘chiq bo‘lsa ham ishga tushiriladi.

Energiya iste’moli nazorati

Bu funksiya oxirgi ishlatilgan sikllardagi va bir oy ichidagi o‘rtacha energiya sarfini tekshirish imkonini beradi.

Sozlamalar

Jihozda va ilovada turli parametrlarni qo‘yish imkonini beradi.

Izoh
  • Agar siz simsiz routeringiz, Internet provayderingiz yoki parolingizni o‘zgartirsangiz, ro‘yxatga olingan qurilmani LG ThinQ ilovasidan o‘chiring va qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazing.

  • Mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida foydalanuvchiga oldindan ogohlantirishsiz ilovaga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

  • Rusumga bog‘liq ravishda xususiyatlar o‘zgarishi mumkin.