Yuqoriga > AQLLI FUNKSIYALAR > LG ThinQ ilovasi > LG ThinQ ilovasidan foydalanishdan avval

LG ThinQ ilovasidan foydalanishdan avval

  • Jihoz va simsiz router (Wi-Fi tarmoq) orasidagi masofani tekshiring.

    • Agar jihoz va simsiz router orasidagi masofa juda uzoq bo‘lsa, signal kuchi pasayadi. Ulanish uzoq vaqtni talab qilishi yoki o‘rnatish muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin.

  • Smartfoningizdagi Mobil internetni o‘chiring.

  • Smartfoningizni simsiz routerga ulang.

Izoh
  • Wi-Fi aloqasini tekshirish uchun boshqaruv panelida f belgisi yonganini tekshiring.

  • Bu jihoz faqat 2,4 GGs chastotali Wi-Fi tarmoqlarda ishlaydi. Tarmoq chastotasini tekshirish uchun internet-provayderingizga murojaat qiling yoki simsiz router qo‘llanmasiga qarang.

  • LG ThinQ tarmoqqa ulanish muammolari yoki tarmoqda yuzaga kelgan har qanday nosozlik, noto‘g‘ri ishlash yoki xatolarni bartaraf qilish uchun mo'ljallanmagan.

  • Agar jihozlar Wi-Fi tarmog‘iga ulana olmasa, muammo jihoz rauterdan uzoqda joylashganligi sababli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Wi-Fi signalini kuchaytirish uchun Wi-Fi retranslyator (signal kuchaytirgich) sotib oling.

  • Uydagi tarmoq muhitiga qarab Wi-Fi ulanishi o‘rnatilmasligi yoki uzilib qolishi mumkin.

  • Internet ta’minotchisiga qarab tarmoq ulanishida muammolar yuzaga kelishi mumkin.

  • Atrofdagi simsiz aloqa muhiti tufayli simsiz tarmoq xizmati sekin ishlashi mumkin.

  • Simsiz signal uzatilishida muammo bo‘lsa, jihoz tarmoqqa ulana olmaydi. Jihozni o‘chiring va yana urinib ko‘rishdan avval taxminan bir daqiqa kuting.

  • Agar simsiz routeringizda brandmauyer yoniq bo‘lsa, brandmauyerni o‘chiring yoki uni istisnolar ro‘yxatiga kiriting.

  • Simsiz tarmoq nomi (SSID) inglizcha harflar va raqamlar birikmasidan iborat bo‘lishi lozim. (Maxsus belgilarni ishlatmang)

  • Smartfonning foydalanuvchi interfeysi (UI) mobil operatsion tizim (OS) va ishlab chiqaruvchiga qarab farq qilishi mumkin.

  • Agar routerning xavfsizlik protokoli WEP qilib belgilangan bo‘lsa, tarmoqni sozlay olmasligingiz mumkin. Uni boshqa xavfsizlik protokoliga o‘zgartiring (WPA2 tavsiya etiladi.) va mahsulotni yana roʻyxatdan oʻtkazing.