Yuqoriga > AQLLI FUNKSIYALAR > LG ThinQ ilovasi > Jihozdan masofadan turib foydalanish

Jihozdan masofadan turib foydalanish

Masofadan ishga tushirish

Smartfon orqali jihozingizni masofadan boshqaring. Sikl ishlashini nazorat qilish ham mumkin, bunda sikl yakunlanguniga qadar qancha vaqt qolganligi haqida ma’lumot olasiz.

Bu funksiyadan foydalanish
  • Quvvat tugmasini bosing.

  • Barabanga kiyimlarni yuklang.

  • Masofadan ishga tushirish funksiyasini yoqish uchun Без складок (Buklanishlarsiz) tugmasini 3 soniya bosib turing.

  • Smartfoningizda LG ThinQ ilovasidan siklni ishga tushiring.

Izoh
  • Bu funksiya yoqilgach, smartfondagi LG ThinQ ilovasi yordamida faqat siklni ishga tushirish mumkin. Sikl ishga tushirilmasa, ilova yordamida sikl o‘chirilmaguncha yoki bu funksiya o‘chirib qo‘yilmaguncha ilova masofadan ishga tushirish buyrug‘ini kutib turadi.

  • Agar eshik ochiq bo‘lsa, siklni masofadan ishga tushira olmaysiz.

Bu funksiyani qo‘lda o‘chirib qo‘yish

Funsiya faollashtirilganda Без складок (Buklanishlarsiz) tugmasini 3 soniya bosib turing.

Siklni yuklab olish

Jihozdagi sikllarda mavjud bo‘lmagan yangi va maxsus sikllarni yuklab oling.

Jihozni muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazgach, turli maxsus sikllarni yuklab olish mumkin.

Jihoz siklni yuklab olgach, boshqa sikl yuklab olinguncha, avvalgi yuklab olingan siklni saqlab qoladi.

Izoh
  • Jihozda bir vaqtning o‘zida faqat bitta yuklab olingan siklni saqlab olish mumkin.