Ovozli diagnostika usulidan foydalanish uchun quyidagi koʻrsatmalarni bajaring.
LG ThinQ ilovasini ishga tushiring va menyuda Smart Diagnosis xususiyatini tanlang. LG ThinQ ilovasida eshitish orqali tashxislash uchun berilgan ko‘rsatmalarni bajaring.
Jihozni yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.
Boshqa hech qanday tugmani bosmang yoki dasturni tanlash dastasini buramang.
Smartfoningiz mikrofonini Quvvat tugmachasiga yaqinroq joylashtiring.

Ma’lumotlar o‘tkazish yakunlangunicha smartfoningiz mikrofonini Quvvat tugmachasiga ushlab turgan holda Время + (Vaqt +) tugmasini 3 soniya yoki undan ko‘proq vaqt bosib turing.
Ma’lumot uzatilguniga qadar smartfonni shunday tutib turing. Ma’lumot uzatuvi yakunlanishiga qadar qolgan vaqt displeyda ko‘rsatiladi.
Ma’lumotlarni o‘tkazish yakunlangandan keyin tashxis ilovada ko‘rsatiladi.
Yaxshi natijaga erishish uchun ma’lumotni uzatish paytida smartfonni siljitmang.