Yuqoriga > TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH > Har bir quritishdan keyin tozalash > Tuklar filtrini tozalash

Tuklar filtrini tozalash

DIQQAT
  • Quyidagi ko‘rsatmalarni bajargan holda tuklar filtrini to‘g‘ri usulda tozalang. Bunday qilmaslik issiqlik almashtirgichda to‘planib qolgan tuklarning to‘g‘ri tozalanmasligiga olib kelishi mumkin.

Izoh
  • Tuklar filtrini chiqarib olishdan avval jihozdan barcha kirlarni olib qo‘ying.

  • Tuklar filtrini tozalagandan keyin ularni qayta joyiga joylang. Agar tuklar filtri jihozda bo‘lmasa, jihozni ishlata olmaysiz.

  1. Ichki filtr

    • Foydalishdan avval va keyin doimo ichki filtrni tozalang.

  2. Tashqi filtr

    • Tashqi filtrni 10 marta quritgandan keyin yoki tashqi filtrga tuklar to‘planib qolganida tozalang.

Ichki filtrni tozalash

  • Ichki filtrni tashqi filtrdan tortib chiqaring va keyin ichki filtrni oching.

    • Uni strelka yo‘nalishida bo‘shatish orqali filtrni oching.

  • Avval katta tuklarni tozalang, keyin changyutgichdan foydalanib yoki oqim suvda yuvish orqali qoldiq tuklarni tozalang.

    • Agar filtr nam bo‘lsa, uni yaxshilab quriting. Bunday qilmaslik jihozdan noxush hidlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

  • Ichki filtrni to‘liq quritgandan keyin uning markazidan pastga bosish orqali filtrni yoping.

    • Ichki filtrning chap va o‘ng tomonlarining to‘g‘ri yopilganligiga ishonch hosil qiling.

  • Ichki filtrni tashqi filtrga kiriting.

Tashqi filtrni tozalash

  • Filtrga kirish atroflaridagi changlar yoki tuklarni olib tashlang.

    DIQQAT
    • Tuklar filtr ichiga tushganida bu quritish samaradorligini pasaytirishi va quritish vaqtini oshirishi mumkin.

  • Tashqi filtrni tortib chiqaring.

  • Ichki filtrni chiqarib oling.

  • Tashqi filtrning yuqori qirrasidan mahkam ushlagan holda strelka yo‘nalishi bo‘ylab bo‘shatish orqali tashqi filtrni oching.

  • Changyutgichdan foydalangan holda yoki oqim suvda yuvish orqali qoldiq tuklarni tozalang.

    • Agar filtr nam bo‘lsa, uni yaxshilab quriting. Bunday qilmaslik jihozdan noxush hidlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

  • Filtrning yon tomonini a bosgan holda tashqi filtrni yoping.

    Izoh
    • Filtrning yon tomonining to‘g‘ri yopilganligiga ishonch hosil qiling. Bunday qilmaslik filtrda to‘plangan tuklarning jihozga kirishiga olib kelishi va bu quritish samaradorligini pasaytirishi mumkin.

  • Ularni yoping va har ikkala tuklar filtrini qaytadan joyiga soling.

    DIQQAT
    • Tuklar filtri joyiga solinmaganida kirlarni solmang yoki chiqarib olmang. Kirlar filtr solinadigan joyga tushib ketishi va bu jihozning nosozligiga olib kelishi mumkin.