Hech qaysi panelni ajratish yoki jihozni qismlarga ajratishga urinmang. Jihozni ishlatish uchun boshqaruv paneliga o‘tkir buyumlarni tekkizmang.
Jihozning hech qaysi qismini ta’mirlamang yoki almashtirmang. Ushbu foydalanuvchi qo‘llanmasida boshqacha tavsiya etilgan hollardan tashqari barcha ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish ishlari malakali xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim. Faqat zavod ruxsat berilgan qismlarni ishlating.
Jihoz tagi va atrofi iplar, qog‘oz, lattalar, kimyoviy moddalar va shu kabi yonuvchi materiallardan holi tutilsin.
Jihoz ichiga uy hayvonlari yoki boshqa jonzotlarni solmang.
Jihoz eshigini ochiq qoldirmang. Bolalar eshikka osilishi yoki jihoz ichiga kirishi mumkin, natijada jihozga shikast yetkazishi yoki jarohat olishi mumkin.
Jihoz ishlab turganida uning ichki qismlariga tegmang. Baraban butunlay to‘xtashini kuting.
Yonuvchan yoki portlovchan moddalar (mum, moy, bo‘yoq, gazolin, yog‘ ketkazuvchilar, quruq tozalash erituvchilari, kerosin, sabzavot yog‘i, ozuqaviy yog‘ kabilar) bilan tozalangan, shimdirilgan yoki dog‘langan buyumlarni solmang, yuvmang yoki quritmang. Noto‘g‘ri foydalanish yong‘in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
Suv toshib ketsa, tokdan sug‘uring va LG Electronics mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling.
Jihoz eshigi ochiq turganida eshikni qattiq pastga bosmang.
Jihoz yaqinida (benzol, benzin, suyultirgich, neft, spirt va hok. kabi) yonuvchan gaz va yonadigan moddalarni ishlatmang.
Agar drenaj shlangi yoki kirish shlangi qishda muzlab qolsa, uni ishlatishdan oldin eriting.
Kir yuvish vositalari, yumshatgich va oqartirgichlarni bolalardan uzoqda tuting.
Ho‘l qo‘lingiz bilan elektr vilkasiga yoki jihozning tugmalariga tegmang.
Elektr kabelini haddan ortiq bukmang yoki ustiga og‘ir buyum qo‘ymang.