Yuqoriga > TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH > Har bir quritishdan keyin tozalash > Suv konteynerini bo‘shatish

Suv konteynerini bo‘shatish

Suv konteynerida kondensatsiyalangan suv yig‘iladi.

Har bir foydalanishdan keyin suv konteynerini bo‘shating. Bunday qilmaslik quritish samaradorligiga ta’sir qiladi.

Izoh
  • Agar suv konteyneri to‘liq bo‘lsa, jihoz ishlayotgan vaqtda E belgisi miltillaydi va signal chalinadi. Agar bu tovush chalinsa, keyingi bir necha soat ichida suv konteyneri bo‘shatilishi kerak.

  • Konsensatsiyalangan suv to‘g‘ridan-to‘g‘ri alohida xarid qilinuvchi chiqarish shlangi orqali chiqarilganida suv konteynerini bo‘shatishga ehtiyoj bo‘lmaydi.

  • Suv konteynerini tortib chiqaring.

  • Suv konteynerini rakovinaga bo‘shating.

    DIQQAT
    • Kondensatsiyalangan suvni ichmang yoki undan qayta foydalanmang. Bu odamlar va hayvonlar uchun salomatlik bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin.

  • Uni jihozga qayta joylashtiring.

    • U joyiga tushgunicha suv konteynerini jihozga surib to‘la kiriting.

  • Boshlash / To'xtatish tugmasini bosing.