Jihoz ishlatish vaqtida kirlardan kondensatsiyalangan suvdan foydalanib kondensatsiya yuzasida to‘planib qolgan tuklarni avtomatik tarzda yuvib tashlaydi. Biroq agar uni tez-tez tozalamoqchi bo‘lsangiz, kondensatorni qo‘lda tozalashingiz mumkin.
Jihozdagi barcha kirlarni chiqarib oling.
Suv konteynerini chiqarib oling va uni bo‘shating.
1 litr toza suvni suv konteyneri bo‘lmasi kirishiga sekin quying. Keyin bo‘sh suv konteynerini bo‘lmaga qayta soling.
Suvni tez quymang, u sachrab ketadi.
Bo‘lmaga 1,5 litrdan ortiq suv quyish suvning orqaga oqib ketishiga olib keladi.

Jihozni yoqing.
Очистка конденсатора (Konditsatorni tozalsh) tugmasini 3 soniya bosib turing.
Kondensatorni tozalashni boshlash uchun Boshlash / To'xtatish tugmasini bosing.
Kondensatorni tozalash 1 soat davom etadi.
Tozalash yakunlanganidan keyin suv konteynerini bo‘shating.
Alohida xarid qilinuvchi drenaj shlangi o‘rnatilganida suv konteynerini bo‘shatishga ehtiyoj qolmaydi.
Tozalash yakunlanganidan keyin barabanni yaxshilab quritish uchun jihozni yetarli darajada havo aylanishi bilan ta’minlash uchun quritish mashinasining eshigini ochib qo‘ying.
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bolalar va hayvonlarning jihoz ichiga kirishiga yo‘l qo‘ymang. Bu jihozga zarar yetishi yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.