Jihoz yonmayapti.
Elektr shnuri rozetkaga noto‘g‘ri ulangan.
Elektr shnurining yerga ulangan, jihoz yorlig‘ida ko‘rsatilgan kuchlanishga mos bo‘lgan rozetkaga mahkam ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Uydagi saqlagich erib ketgan, zanjir uzgich ishga tushgan yoki elektr ta’minotida uzilish yuz bergan.
Avtomatik uzgichni yoqing yoki saqlagichni almashtiring. Saqlagich quvvatini oshirmang. Agar muammo tizimning o‘ta yuklanganligi tufayli bo‘lsa, malakali elektrikka ta’mirlating.
Jihoz isimayapti.

Suv sizib chiqmoqda.
Suv konteyneri shlangi yoki alohida xarid qilinuvchi suv chiqarish shlangi to‘g‘ri ulanmagan.
Suv konteyneri shlangi yoki alohida xarid qilinuvchi suv chiqarish shlangini to‘g‘ri ulang.
Kiyimlar yoki yot jismlar eshikka qisilib qolgan holda eshik yopilgan.
Jihozdan foydalanishdan avval kiyimlar yoki yot jismlarning eshikka qisilib qolmaganligini tekshiring. Agar suv uzluksiz oqib tursa, LG Electronics Mijozlarga ma’lumotlar berish markaziga murojaat qiling.
Quritish sikli yakunlanganidan keyin jihoz o‘zicha ishga tushayapti va to‘xtab turayapti.
Bu g‘ijimlarga qarshi opsiyaning ishlash usulidir.
G‘ijimlarga qarshi opsiyaning o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling. Bu opsiya quritish siklidan keyin darhol chiqarib olinmagan kiyimlarda g‘ijimlarning paydo bo‘lishining oldini olish uchun mo‘ljallangan. Bu opsiya o‘rnatilganida jihoz 10 soniya ishlaydi va 5 soniya to‘xtab turadi. Bu opsiya 2 soatgacha ishlaydi.