Kiyimlarning qurishi juda uzoq vaqtni olayapti.
Yuklanish mos tarzda tartiblanmagan.
Og‘ir buyumlarni yengil buyumlardan ajrating. Kattaroq va og‘irroq buyumlarni quritish uzoqroq vaqtni oladi. Yuklanmadagi og‘ir buyumlar bilan aralashtirilgan yengil buyumlar sensorni chalg‘itishi mumkin, chunki yengil buyumlar tezroq quriydi.
Og‘ir buyumlarning katta yuklanmasi.
Og‘ir matolarning qurishi uzoqroq vaqtni oladi, chunki ular namlikni saqlab qolishga moyildir. Katta va og‘ir matolar uchun qurish vaqtlarini qisqartirish va uyg‘unlashtirishga yordam berish uchun bu buyumlarni uyg‘un o‘lchamdagi kichikroq yuklanmalarga ajrating.
Jihozning boshqaruvlari to‘g‘ri o‘rnatilmagan.
O‘zingiz quritayotgan yuklanma turiga mos bo‘lgan boshqaruv sozlamalaridan foydalaning. Ayrim yuklanmalar to‘g‘ri qurishi uchun quritish darajasi sozlamasini sozlashni talab qilishi mumkin.
Tuklar filtri tozalashni talab qiladi.
Har bir sikldan keyin tuklar filtrini chiqarib oling. Tuklar chiqarib olingan holda uning tiqilib qolmaganligi yoki kirlanmaganligini ko‘rish uchun tuklar filtrini yorug‘likka tuting. Ko‘p miqdorda tuklar hosil qiluvchi ayrim yuklanmalar, masalan, vanna sochiqlari bilan siklni to‘xtatib turish va sikl davomida filtrni tozalash talab qilinishi mumkin.
Uydagi saqlagich erib ketgan, zanjir uzgich ishga tushgan yoki elektr ta’minotida uzilish yuz bergan.
Avtomatik uzgichni yoqing yoki saqlagichni almashtiring. Saqlagich quvvatini oshirmang. Agar muammo tizimning o‘ta yuklanganligi tufayli bo‘lsa, malakali elektrikka ta’mirlating.
Jihoz ortiqcha yuklangan.
Yaxshiroq quritish unumdorligi va samaradorlikka erishish uchun o‘ta katta kirlarni kichikroq kirlarga bo‘ling.
Jihozga kir kam yuklangan.
Agar siz juda oz kirlarni quritayotgan bo‘lsangiz, to‘g‘ri quritish harakatini kafolatlash uchun bir nechta qo‘shimcha buyumlarni qo‘shing. Agar kirlar juda oz bo‘lsa va siz Sensorli quritish dasturlaridan foydalanayotgan bo‘lsangiz, elekton boshqaruv kirlarning quruqlik darajasini to‘g‘ri aniqlay olmasligi va tezda o‘chishi mumkin. Vaqtli quritish dasturlaridan foydalaning yoki kirga bir necha nam kiyimlardan qo‘shing.
Quritish vaqti uyg‘un emas.
Issiqlik sozlamalari, yuklanma hajmi yoki kiyimlarning namligi uyg‘un emas.
Foydalaniladigan issiqlik (elektr), yuklanma hajmi, mato turi, kiyimlarning namlik darajasi va tuklar filtriga bog‘liq ravishda yuklanma uchun quritish vaqti o‘zgarib turadi. Hattoki jihozdagi muvozanatlanmagan yuklanma ham yaxshi siqmaslikka olib kelishi, bu esa quritish uzoqroq vaqtni oladigan nam kiyimlarga olib keladi.
Kiyimlarda yog‘ yoki kir dog‘lari qolayapti.
Mato yumshatgichdan noto‘g‘ri foydalanilgan.
Jihozda quritiladigan kiyimlarni yuvganda mato yumshatgich ishlab chiqaruvchisi tomonidan tavsiya qilingan miqdordagi mato yumshatgichdan foydalaning.
Kir va toza kiyimlar birgalikda quritilayapti.
Quritish mashinasidan faqat toza buyumlarni quritish uchun foydalaning. Kir kiyimlardagi kirlanishlar o‘sha yoki keyingi yuklanishlarda toza kiyimlarga o‘tishi mumkin.
Kiyimlar jihozga joylanishidan avval to‘g‘ri tozalanmagan yoki chayilmagan.
Quritilgan kiyimlardagi dog‘lar yuvish jarayonida ketmagan dog‘lar bo‘lishi mumkin. Kiyimlarning kir yuvish mashinangiz va kir yuvish vositasi uchun ko‘ratmalarga ko‘ra to‘liq tozalanganligi yoki chayilganligiga ishonch hosil qiling. Ayrim ketkazish qiyin bo‘lgan kirlanishlar yuvishdan avval dastlabki ishlov berishni talab qilishi mumkin.
Kiyimlar g‘ijimlangan.
Kiyimlar haddan tashqari uzoq quritilgan (ortiqcha quritilgan).
Kiyimlar yuklanmasini ortiqcha quritib yuborish kiyimlarning g‘ijimlanishiga olib kelishi mumkin. Qisqaroq quritish vaqtini sinab ko‘ring.
Kiyimlar sikl yakunlanganidan keyin juda uzoq vaqt jihozda qoldirilgan.
Без складок (Buklanishlarsiz) opsiyasidan foydalaning.
Kiyimlar torayyapti.
Kiyimlarga qarov ko‘rsatmalariga amal qilinmayapti.
Kiyimlaringizning torayishining oldini olish uchun matolarga qarov ko‘rsatmalarini ko‘ring va ularga amal qiling, Ayrim matolar yuvilganida tabiiy tarzda qisqaradi. Boshqa matolarni yuvish mumkin, biroq jihozda quritilganda qisqaradi. Past issiqlik yoki issiqliksiz sozlamadan foydalaning.
Kiyimlarda tuklar qolayapti.
Tuklar filtri to‘g‘ri tozalanmagan.
Har bir sikldan keyin tuklar filtrini chiqarib oling. Tuklar chiqarib olingan holda uning tiqilib qolmaganligi yoki kirlanmaganligini ko‘rish uchun tuklar filtrini yorug‘likka tuting. Agar u kirlangan bo‘lib ko‘rinsa, tozalash ko‘rsatmalarini bajaring. Ko‘p miqdorda tuklar hosil qiluvchi ayrim yuklanmalar bilan sikl davomida filtrni tozalash talab qilinishi mumkin.
Kiyimlar turlarga to‘g‘ri ajratilmagan.
Ayrim matolar tuklar chiqaruvchilardir (masalan, oq paxatli sochiq) va ular tuk ushlab qoluvchilar bo‘lgan boshqa kiyimlardan (masalan, qora zig‘ir matosidan shimlar) alohida quritilishi kerak.
Jihoz ortiqcha yuklangan.
O‘ta katta kirlarni quritish uchun kichikroq kirlarga bo‘ling.
Cho‘ntaklarda qoldirilgan to‘qima, qog‘oz kabilar.
Kiyimlarni quritishdan avval ularning cho‘ntaklarini yaxshilab tekshiring.
Quritgandan keyin kiyimlardagi ortiqcha statika.
Kiyimlar haddan tashqari uzoq vaqt quritilgan (ortiqcha quritilgan).
Kiyimlarni ortiqcha quritish statik elektr tokining hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Sozlamalarni sozlang va qisqaroq quritish vaqtidan foydalaning yoki Sensorli quritish dasturlaridan foydalaning.
Sintetika, g‘ijim bo‘lmaydigan yoki sintetik aralashma materiallarni quritish.
Bu matolar statik elektr toki hosil qilishga ko‘proq moyildirlar. Mato yumshatgichdan foydalanib ko‘ring yoki qisqaroq Vaqtli quritish vaqti sozlamalaridan foydalaning.
Sensorli quritish dasturidan keyin kiyimlarda nam dog‘lar qolayapti.
Yuviladigan kirlar juda katta yoki juda kichkina. Adyol yoki komforter kabi bitta katta buyum.
Agar buyumlar juda zich yoki juda bo‘sh qadoqlangan bo‘lsa, sensor kirlarning quruqlik darajasini aniqlashda muammoga duch kelishi mumkin. Juda kichkina kirlar uchun Vaqtli quritish dasturidan foydalaning.
Adyollar yoki komforterlar kabi katta, hajmdor buyumlar matolarning zich to‘piga o‘ralib olishlari mumkin. Tashqi qatlamlar quriydi va sersorlarda ro‘yxatga olinadi, ichki qatlamlar esa nam holda qoladi. Bitta hajmdor buyumni quritganda siklni bir yoki ikki marta to‘xtatib turish va buyumlarni yoyish va nam joylarini ko‘rish uchun qayta joylashtirish yordam berishi mumkin.
Sensorli quritish dasturi yakunlanganidan keyin juda katta kirlardagi bir nechta nam qolgan buyumlarni yoki katta buyumdagi bir nechta nam nuqtalarni quritish uchun tuklar qopqonini bo‘shating, keyin buyum(lar)ni quritishni yakunlash uchun Vaqtli quritish dasturini o‘rnating.