Jihozda hidlar mavjud.
Jihozdan ilk marta foydalanayapsizmi?
Bu hid jihozning ichiga biriktirilgan rezina materialdan chiqadi. Bunday hid rezina hididir va u jihozdan bir necha marta foydalanilganidan keyin o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Foydalanish vaqtida hid chiqayotganini sezayapsizmi?
Kir yuvganda kir yuvish vositasidan ishlab chiqaruvchi tavsiyalariga ko‘ra foydalaning. Agar kir yuvish vositasidan tavsiyaga amal qilmagan holda ko‘p foydalansangiz, erimagan kir yuvish vositasi kirlarga o‘tirib qolishi va hidlar chiqishiga olib kelishi mumkin.
Agar kirlar qutirgandan keyin jihozda yoki yuvgandan keyin kir yuvish mashinasida qoldirilsa, ular hid chiqarishi mumkin. Kirlarni quritgandan yoki yuvgandan keyinoq darhol chiqarib oling.
Kir yuvish mashinasidan ham shunday hid chiqayotganligini tekshiring. Agar shunday bo‘lsa, kir yuvosh mashinasining foydalanuvchi qo‘llanmasiga amal qilgan holda kir yuvish mashinasi barabanini tozalang.
Har ikkala tuklar filtrlarini doimo toza saqlang. Agar quritgandan keyin tuklar filtrida qoldiqlar qolsa, bu hidlar chiqishiga olib kelishi mumkin. Tozalagandan keyin tuklar filtrini yaxshilab quriting.
Noxush hidlarni ketkazish va kondensorni tozalash TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH bo‘limiga qaragan holda muntazam tarzda bajarib turilishi kerak.