Yuqoriga > XAVFSIZLIK KO‘RSATMALARI > ATROF-MUHIT HAQIDA QAYG‘URISH > Eski jihozni chiqitga chiqarish

Eski jihozni chiqitga chiqarish

  • Chizib tashlangan g'ildirakli axlat qutisi belgisi elektr va elektron mahsulotlar (WEEE) shahar maishiy chiqindi tizimidan alohida tashlanishi kerakligini bildiradi.

  • Eski elektr mahsulotlarda zararli moddalar bo‘lishi mumkin, shu sababli uni tegishli tarzda chiqitga chiqarish orqali atrof-muhit va insonlar salomatligiga ehtimoliy salbiy ta’sirining oldi olinadi. Cheklangan resurslarni tejash maqsadida, eski jihozning qismlarini boshqa mahsulotlarni ta’mirlashda ishlatish, shuningdek, undagi boshqa qimmatli materiallarni qayta ishlash mumkin.

  • Jihozni sotib olgan do‘konga olib borishingiz yoki yaqinroqda joylashgan vakolatli WEEE to‘plash nuqtasi haqida bilish uchun mahalliy chiqindi idorasiga murojaat qilishingiz mumkin. Mamlakatingizga oid eng yangi ma’lumotlar uchun bu veb sahifani ko‘ring: www.lg.com/global/recycling.