Elektr adapteri quvvatlash stantsiyasiga va rozetkaga ulanganiga amin bo‘ling.
Bitta batareyani to‘liq zaryadlash odatda 4 soat vaqtni oladi. Asosiy va zaxira batareyalarning har ikkalasini zaryadlash uchun ikki marta ko‘proq vaqt ketadi.
Agar xona harorati 5°C dan past bo‘lsa, batareya zaryadlanmaydi. Faqat xona harorati 5°C bilan 38°C o‘rtasida bo‘lganidagina batareyani zarydlang.
Batareya yakunda almashtirishni talab qiladi. Batareyaning xususiyatlari tufayli jihozdan uzoq vaqt davomida jihozdan qayta-qayta foydalanilgan hollarda batareyaning ishlash vaqti qisqaradi.
Agar asosiy batareya quvvatlash stantsiyada quvvatlanayotgan bo‘lsa, u to‘liq quvvat olganidan so‘nggina zaxira batareya quvvatlanishni boshlaydi.
Qo‘sh batareyali modellarda batareya ishlash muddatini saqlab turish uchun asosiy korpus bilan zaxira quvvatlash stantsiyasi o‘rtasida ikkala batareya o‘rinlarini davriy ravishda almashtirib turing.