Tozalash yakunlanganida suv bakini bo‘shating va power drive shvabra nasadkasini olib qo‘yishdan avval suv bakini quriting.
Suv idishini saqlashda suv quyish qopqoqlari ochiq holatda qolganini burab tekshiring. Agar qopqoqlar yopiq bo‘lsa va idish to‘liq quritilmasa, hid paydo bo‘lishi mumkin.
Suv kiritish qopqoqlarini suv bakidan olib qo‘ymang. Qopqoqlar yorilib ketishi mumkin.
Yuvish vaqtida suv idishiga kir yuvish vositasi, sirka yoki oziq-ovqat sodasi qo‘shmang. Ular suv idishidan osonlikacha yo’qolib ketmaydi va bu polni iflos qilishi mumkin.
Tozalab bo‘lgandan keyin power drive shvabra nasadkasidagi suv ta’minot tirqishidagi a suvni yumshoq latta bilan artib tashlang. Suv polga tomishi va uni shikastlashi mumkin.
Suv ta’minot tirqishidagi rezina prokladkani tortmang yoki cho‘zmang. Bunday qilish rezinaning yirtilishi yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Suv bakining yon tomonidagi suv kiritish qopqoqchasini oching va suv bakidagi suvni to‘kib tashlang. Qolgan suvni to‘kib tashlash uchun suv bakini silkiting.
Suv kiritish qopqiqchasini ochiq qoldiring va quritish uchun suv bakini yaxshi shamollatiladigan va quyish nurlari tushmaydigan joyda kamida 24 soat qoldiring.
Suv idishini faqat ichidagi suv to‘liq bo‘shatilgan va quritilgan holatda saqlang. Idishdagi namlik yoki qolgan suv hid paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Agar power drive shvabra nasadkaning ichidagi suv ta’minot trubkasi suv bilan to‘lgan bo‘lsa, nasadkadan suv to‘g‘ri chiqmasligi mumkin. Suv to‘g‘ri chiqmasa, quyidagi amallarni bajaring.
Suv idishi ajratilgan holda, power drive shvabra nasadkasining ostiga nam shvabrani biriktiring va suv miqdorini Yuqori rejimga o’rnating.
Power drive shvabra nasadkani polga qo‘ying, jihozni yoqing va taxminan 1 daqiqa ishlating.
Shvabra yostiqchalaridan foydalanib bo‘lgandan keyin ularni yuving va joyiga o‘rnatishdan avval quriting.
Quyidagi holatlarda foydalanmang, aks holda jihoz deformatsiyaga uchrashi mumkin.
Shvabra yostiqchalarini yuvganda oqartirgich yoki mato yumshatgichdan foydalanmang.
Yostiqchalarni kiyim quritish mashinasida quritmang.
Shvabra yostiqchasini qaynatmang.
Shvabra yostiqchalari sarflanadigan detal hisoblanadi va ular eskirganda yoki tozalash samarasi pasayganda almashtirilishi kerak.
Shvabra yostiqchalarini shvabrani biriktirish plastinasidan ajratib oling.
Yostiqchalarni neytral kir yuvish vositasi bilan qo‘lda yuving.
Shvabra yostiqchalarini nam holatda saqlash yoqimsiz hid paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Yostiqchalarni kamida 24 soatga yoki ular to‘liq qurigunicha yaxshi shamollatiladigan, quyosh nurlari tushmaydigan joyga qo‘ying.
