Yuqoriga > TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH > Jihozni tozalash > Begona buyumlarni olib tashlash

Begona buyumlarni olib tashlash

Agar jihozda begona narsalar tiqilib qolsa, so‘rish quvvati o‘zgaradi, motor to’xtab qayta ishga tushaveradi va tiqilib qolish holati haqida ogohlantiruvchi belgi miltillaydi.

Agar tiqilib qolish davom etsa, jihoz shikastlanishining oldini olish uchun avtomatik ravishda u o‘chadi. Jihozdan foydalanishni qayta boshlashdan avval batareyani mahsulot korpusidan ajratib oling va begona narsalarni olib tashlang.

  • Mahsulot korpusining ichki qismi, kompressor ishchi plastinkasi usti, uzaytiruvchi trubka, havo kirish joylari, chiqarish filtri, mikrofiltr va chang yig‘ish xaltasi filtrida begona narsalar yo‘qligini tekshiring.

  • Agar havo kirish teshiklari to‘liq to‘silib qolmagan bo‘lsa, tiqilib qolish haqida ogohlantirish indikatori yonmasligi mumkin.

  • Jihozning ovozi balandlashsa yoki tozalash samaradorligi pasaysa, begona narsalar tiqilib qolmaganligini tekshiring.