Jihozning optimal so‘rish quvvatini saqlab qolish uchun chiqarish filtrini muntazam ravishda tozalab turing va ularni oyiga kamida bir marta oqim suv ostida yuving.
Filtrlarni qayta o‘rnatishdan oldin quyoshda quritib oling.
Tozalash vaqt oralig’i mahsulot qayerda va qanchalik tez-tez ishlatilishiga bog‘liq. Agar jihozdan tez-tez yoki changli hududlarda foydalanilsa, filtrlarni tezroq tozalab turing.
Filtrlar sarflanadigan detal hisoblanadi. Iltimos, qo‘shimcha filtrlarni vakolatli servis markazidan xarid qiling.
Mahsulot korpusidan batareyani chiqarib oling.
Chiqarish filtri qopqog‘ini ushlang va qopqoqni ochish uchun chapga burang.
Ochilgan qopqoqni ko’taring.
Chiqarish filtrini a mahsulot korpusidan ko‘tarib chiqarib oling.
Dvigateldagi changlarni tozalab tashlash uchun kombinatsion asbob c dan foydalaning.
Dvigatelni suv bilan yuvmang.
Tirqishlarni tozalash asbobini D chang idish filtriga c kiriting va filtrni chiqarib olish uchun uni soat miliga teskari yo‘nalishda burang.
Mikrofiltrni e chang idish filtridan c yechib oling.
Chang idish filtrini ajratayotganda, mikrofiltr yig‘ilgan holatda ajraladi. Agar u chang idish filtri bilan birga ajratilmagan bo‘lsa, changyutkich ichini tekshirib, mikrofiltrni chiqarib oling.
Filtrlarni changlarni qoqib tashlash orqali muntazam ravishda tozalab turing va uni oyiga kamida bir marta oqim suvda yuving.
Hidlarning paydo bo‘lishi va dvigatel nosozligining oldini olish uchun qaytadan yig‘ishdan avval filtrlarni yaxshi shamollatiladigan joyda quyosh nurlaridan panada kamida 24 soat quriting.
To’liq qurigan mikrofiltrni e chapga burab, chang idish filtriga c o‘rnating.
Mikrofiltrni o’rnatayotganda, u to‘liq o’rnashshganda “qirs” etgan ovoz chiqadi. Agar “qirs” etgan ovoz eshitilmasa, u to‘liq o‘rnatilmagan bo’ladi.
Tor joylarni tozalash asbobini d chang idish filtriga c joylashtiring, so‘ng uni o’rnatish uchun soat mili yo‘nalishida burang.
Chang idish filtrini mahsulot korpusiga yig‘ayotganda, u to‘liq o’rnashganda “qirs” etgan ovoz eshitiladi. Agar “qirs” etgan ovoz eshitilmasa, u to‘liq o‘rnatilmagan hisoblanadi.
To’liq qurigan chiqarish filtrini a mahsulotga o‘rnating.
Chiqarish filtrini yig‘ayotganda, uni ariqcha bo‘ylab joylashtiring.
Chiqarish filtri qopqog‘ini yoping, pastga bosing va qopqoqni joyiga mahkamlash uchun o‘ngga burang.
Jihozdan chiqarish filtri o‘rnatilmagan holda foydalanmang. Bunday qilish mahsulot zararlanishiga olib kelishi mumkin.