Nasadkani uzaytirish trubasi yoki mahsulot korpusidan chiqarib olish uchun nasadkani bo‘shatish tugmasini a bosing.

Aylanuvchi cho‘tkani chiqarayotganda nasadkadagi PUSH tugmasini bosib turing.

Tirqishli asbobni mahsulot korpusiga biriktiring va chyotkadan va nasadkaning tag qismidan chang va yot buyumlarni olib tashlash uchun changyutgich bilan tozalang.

Cho‘tka va nasadka tagida qolib ketgan yot jismlar yoki changni yo‘qotish uchun ho‘l sochiq yoki matodan foydalaning. Nasadkadagi barcha roliklardan begona narsalar, axlat qoldiqlari va sochlarni pinset yordamida olib tashlang.

Cho‘tkaning chap tomonini b nasadka ichidagi ariqchaga c kirgizing.

Cho‘tkani joyiga mahkamlash uchun cho‘tka qopqog‘ini “qirs” etgan tovush chiqquncha bosing.
