Yuqoriga > XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI > OGOHLANTIRISH > O‘rnatish

O‘rnatish

  • Elektr toki urishi yoki yong‘in chiqishining oldini olish uchun jihozni suv, yomg‘ir yoki yuqori darajadagi namlik ta’sirida qolishi mumkin bo‘lgan joylarga o‘rnatmang, bunday joylarda zaryadlamang yoki saqlamang.

  • Jihozni yaxshi shamollatiladigan joyga o‘rnating, shunday joyda zaryadlang va saqlang.

  • Jihozdan yonuvchan gaz, sanoat moyi yoki metall changlari chiqib ketish xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda foydalanmang.

  • Jihoz, elektr shnuri yoki vilkani isitish qurilmalari yoki ochiq olovlar yaqinida saqlamang yoki bunday joylarga o‘rnatmang.

  • Quvvatlash stantsiyasini mustahkam, tekis yuzaga o‘rnating.

  • Yiqilib ketishlarning oldini olish uchun polda turuvchi rejim bilan o‘rnatilgan hollarda birga berilgan tayanchga mahkamlash burama mixi, ankerli blok va ikki tomonlama tasmadan foydalangan holda devorga mahkamlanishi kerak.

  • Devorga o‘rnatish rejimida o‘rnatilgan hollarda quvvatlash stantsiyasi birga berilgan anker boltlaridan foydalangan holda devorga qattiq mahkamlanishi lozim.

  • Beton yoki shunga o‘xshash qattiq yuzalarga biriktirganda faqat anker boltlardan foydalaning.

  • Devor ichidagi sohada elektr o‘tkazish kabellari, vodoprovod trubalari, ventilyatsiya trubalari yoki kabellarning yo‘qligiga tekshirmasdan turib devorni teshmang.

  • Jihozni 5°C dan past yoki 38°C dan baland haroratlarda saqlamang yoki undan bunday haroratlarda foydalanmang.

  • Jihozni u muzlash haroratidan past haroratlarda qoladigan yoki tashqi ob-havo sharoitlari ta’sir qiladigan joylarda saqlamang yoki bunday joylarga o‘rnatmang.

  • Jihozni o‘rnatganda yoki siljitganda elektr shnurini qisib, ezib yoki zararlab qo‘ymaslik uchun ehtiyot bo‘ling.