Terini uzoq vaqt davomida salqin havo oqimi ta’sirida qoldirmang.(Yelvizakda o‘tirmang.)
Bu sog‘lig‘ingizga ziyon yetkazishi mumkin.
Mahsulotdan oziq-ovqat mahsulotlari, san’at asarlarini saqlash kabi ko’zda tutilmaydigan maqsadlar uchun foydalanmang. U aniq ishlovchi sovitish tizimi emas, balki maishiy ventilyatordir.
Mulkka zarar yoki mulkni yo’qotish ehtimoli bor.
Tozalash uchun yumshoq matodan foydalaning. Qattiq yuvish vositalari, eritgich moddalar va boshqalardan foydalanmang.
Bunda yong‘in, elektr toki urishi yoki jihoz plastmassa qismlariga zarar yetish xavfi mavjud.
Jihozga (tashqi bloklarga) oyoq yoki boshqa narsalar qo’yilmasin.
Bunda jarohat yetishi va jihoz ishdan chiqishi mumkin.
Jihozni tozalash yoki sozlash vaqtida mustahkam katta stol yoki narvondan foydalaning.
Tan jarohatidan ehtiyot bo’ling.
Mahsulotni o‘rnatganda, unga texnik xizmat ko‘rsatganda yoki ta’mirlaganda mos shaxsiy himooya vositasini (ShHV) kiyib oling.
8 yoshdan katta bolalar va jismoniy, hissiy va aqliy qobiliyati cheklangan yoki tajriba va bilimi yetishmaydigan kishilar nazorat ostida yoki jihozni xavfsiz ishlatishga oid ko’rsatmalar olgan bo’lsa hamda bu bulan bog’liq tahdidlarni tushunsa, ushbu jihozdan foydalanishi mumkin.
Bu jihoz jismoniy, sezish yoki aqliy qobiliyatlari past bo‘lgan yoki tajribasi yoxud bilimi yetarli darajada bo‘lmagan shaxslar (jumladan bolalar) tomonidan foydalanilishi uchun mo‘ljallanmagan, ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan ular nazorat qilinadigan yoki ularga jihozdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan hollar bundan mustasno. Bolalarning jihoz bilan o‘ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun ular nazorat ostida bo‘lishlari kerak.