Masofadan boshqarish pultini koʻrib chiqish
Mahsulotning barcha funksiyalarini quvvatni yoqish/o‘chirishdan tortib, kinoga xos tovushni yoqishgacha masofadan boshqarish pulti orqali boshqarishingiz mumkin.

Batareyani almashtirish

1,5 V li AA turidagi batareyalardan foydalaning. Ikkita batareyani ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga muvofiq masofadan boshqarish pultiga joylashtirib almashtiring.
- A Masofadan boshqarish pultining orqa tomonidagi batareya uyachasi qopqogʻini oching.
- B Batareyalarni + va – uchlarini belgilariga mos ravishda joylashtiring.
- C Batareya uychasi qopqogʻini yoping.
Batareyani noto‘g‘ri turdagi batareyaga almashtirish yong‘in yoki portlash xavfini tug‘diradi.
|
a
|
Quvvat 
Mahsulotni yoqadi/oʻchiradi
|
|
b
|
Tovush balandligi 
Tovush balandligini sozlaydi
|
|
c
|
Bluetooth juftlashtirish 
Bu mahsulotga, masalan, smartfon kabi Bluetooth qurilmani uch daqiqa davomida juftlash imkonini beradi. ([ “Bluetooth orqali ulash” bo‘limiga qarang, 34-betda.)
|
|
d
|
Tovush effektlari 
Kerakli tovush effektini tanlash uchun shu tugmani bosing.
- • AI SOUND PRO: Sun’iy intellekt kontentingizga mos ravishda optimal tovush sozlamalarini tanlaydi.
- • STANDARD: Optimallashtirilgan tovushdan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
- • CINEMA: Kontentni kinoteatrga o‘xshash 3D tovush bilan o‘ynating.
- • CLEAR VOICE PRO: Ovozning ravshanligini yaxshilaydi.
- • SPORTS: Stadiondagi kabi realistik tovush.
- • MUSIC: Musiqa uchun optimallashtirilgan tovushdan yanada yaxshi bahramand bo‘ling.
- • GAME: O‘yin uchun optimallashtirilgan tovush.
- • BASS BLAST (BASS BLAST+): Bas tovushlari kuchaytirilgan.
|
|
e
|
Tovushni sozlash 
Bu ulangan karnayning tovush darajasini sozlash imkonini beradi. Tovushni sozlash tugmasini, so‘ngra Chap/O‘ng tugmasini bosib kerakli karnayni tanlang, keyin Yuqori/Pastga tugmasi bilan tovush balandligini oshiring/kamaytiring. Moslashtiriladigan karnaylar va sozlash oralig‘i quyidagicha:
- • Sabvufer: -15 ~ 6
- • Markaziy: -6 ~ 6
- • Trebl: -6 ~ 6
- • O‘rta: -6 ~ 6
- • Bass: -6 ~ 6
- • Sabvufer darajasini sozlash faqat sabvufer ulangan bo‘lsa qo‘llaniladi.
|
|
f
|
Tovushni o‘chirish 
Bu mahsulotdan chiqadigan tovushni o‘chiradi.
|
|
g
|
Funksiya 
Kerakli kirish rejimi yoki funksiyani tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.
|
|
h
|
Ma’lumot 
Ulangan kirish manbasi yoki Bluetooth ma’lumotlarini tinglang.
- • Bluetooth: Agar Bluetooth qurilmasi ulangan bo‘lsa, siz “Ulandi” degan ovozni eshitasiz.
- • Optik/ARC: Joriy tovush manbasi.
- • USB: Agar USB ulanmagan bo‘lsa, siz “USB yo‘q” degan ovozni eshitasiz.
- • Ovozli fikr bildirish funksiyasini yoqish yoki o‘chirish uchun tugmani 5 soniyadan ko‘proq bosib turing. (Faqat inglizcha ovoz) ([ “Ovozli fikr bildiruv funksiyasi” bo‘limiga qarang, 25-betda.)
|
|
i
|
Yuqori/Pastga/Chap/O‘ng 
Ushbu tugmalar qulay funksiyalar sozlamalarini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.

Chap/O‘ng: Oldingi qo‘shiqni ijro etish uchun Chap tugmasini bosing. Keyingi qo‘shiqni ijro etish uchun O‘ng tugmasini bosing.
|
|
j
|
Oʻynatish/Toʻxtatib turish 
Qo‘shiqni ijro etish yoki to‘xtatish uchun shu tugmani bosing.
- • Agar siz USB qurilmadagi musiqa fayllarini tinglayotgan bo‘lsangiz, 3 soniyadan ko‘proq ushbu tugmani bosib turib, so‘ngra kerakli Takrorlash opsiyasini tanlash uchun tugmani bir necha marta bosing.
- • REPEAT ONE: Joriy faylni qayta-qayta oʻynatadi.
- • REPEAT FOLDER: Faqat jild ichidagi fayllarni siklik tarzda oʻynatadi.
- • REPEAT ALL: Barcha fayllarni siklik tarzda oʻynatadi.
- • REPEAT SHUFFLE: Barcha fayllar o‘ynatib bo‘linguncha tasodifiy fayllarni o‘ynatadi, keyin o‘ynatishni tugatadi.
- • REPEAT OFF: Fayllarni tartib boʻyicha oʻynatadi, keyin oʻynatishni yakunlaydi.
|
|
k
|
Parametrlar 
Ushbu mahsulotning quyidagi sozlamalarini o‘zgartirish imkonini beradi: AUTO POWER, SURROUND, NIGHT TIME, DISPLAY. Sozlamalar tugmasini bosing va kerakli parametrni tanlash uchun Chap/O‘ng tugmasidan foydalaning, so‘ngra Yuqori/Pastga tugmasi bilan uni yoqing yoki o‘chiring.
- • AUTO POWER: Televizor yoki tashqi qurilma yoqilganda yoki o‘chirilganda, mahsulot ham avtomatik tarzda yoqiladi yoki o‘chadi. Bu faqat mahsulot televizorga optik kabel orqali ulanganida mavjud bo‘ladi. ([ “Avtomatik quvvat yoqilishi” bo‘limiga qarang, 22-betda.)
- • SURROUND: Atrof-muhit tovushi funksiyasi asl yozilgan kontentdagi kanallardan qat’iy nazar karnaylardan chiquvchi bir nechta audio kanallar tomonidan hosil qilingan qamrab oluvchi 3D tovishni eshitishga imkon beradi. ([ “Atrof-muhit tovushini yoqish/oʻchirish” bo‘limiga qarang, 10-betda.)
- • NIGHT TIME: Bu umumiy tovush balandligini pasaytiradi, biroq yumshoq va nozik tovushlar balandligini oshiradi. Bu funksiyadan kechqurun musiqa yoki film tomosha qilayotganda foydalanish qulay. ([ “Tungi rejim” bo‘limiga qarang, 22-betda.)
- • DISPLAY: Holat LED chirog‘i avtomatik, o‘chirilgan yoki yoqilgan tarzda boshqarilishi mumkin. ([ “Tasvir namoyishi” bo‘limiga qarang, 22-betda.)
|
Qulaylik uchun turli sozlamalar