Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.


Express Freeze
Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini beradi.
Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.
Bu funksiya ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.
Wi-Fi
Bu tugma jihozni uydagi Wi-Fi tarmog‘iga ulashga imkon beradi. LG ThinQ ilovasining dastlabki o‘rnatish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun Smart funksiyalar bo‘limiga qarang.
Freezer*1
Tur 1
-24 °C dan -16 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.
Tur 2
-23 °C dan -15 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.
Muzlatish kamerasining sukut bo‘yicha harorati -18 °C.
Fridge*1
Tur 1
0 °C dan 6 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.
Tur 2
1 °C dan 7 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.
Sovutkichning sukut bo‘yicha harorati 3 °C.
Joriy ichki harorat jihoz ichidagi oziq-ovqat mahsuloti holatiga qarab o‘zgaradi, chunki ko‘rsatilgan o‘rnatilgan harorat jihozning joriy harorati emas, balki ko‘zlangan haroratidir.
Water Filter*1
h indikatori yonganida suv filtrini almashtiring.
Filtrni almashtirgandan keyin filtrni almashtirishni eslatish indikatorini qayta o‘rnatish uchun Water Filter tugmasini 3 soniyaga bosib turing.
Lock
Bu boshqaruv panelidagi tugmalarni qulflab qo‘yadi.
Boshqaruv paneli tugmalarini qulflab qo‘yish uchun Lock tigmasini k ikonkasi paydo bo‘lgunicha va funksiya faollashtirilgunicha 3 soniya bosib turing.
Bu funksiyasi o‘chirib qo‘yish uchun Lock tigmasini l ikonkasi paydo bo‘lgunicha va funksiya faolsizlashtirilgunicha 3 soniya bosib turing.
Suv va muz turi
Boshqaruv panelidagi tugmalardan kerakli dispenser rejimini tanlang. Kublangan muz, suv yoki maydalangan muz chiqarish uchun dispenser pereklyuchatelini shisha yoki boshqa konteyner bilan bosing.
Non Plumbing*1
Suv taqsimlagich baki to‘g‘ri o‘rnatilganda Non Plumbing tasvirchasi yonasi.
Self Care*1
Suv chiqarish tirqishini toza saqlash uchun UB nurlaridan foydalaniladi. UB tozalash funksiyasi har soatda avtomatik tarzda 10 daqiqa ishlaydi yoki uni istalgan vaqtda qo‘lda ishga tushirish mumkin.
Uni qo‘lda ishga tushirish uchun shu tugmani bosing.
Agar u ishlayotgan bo‘lsa, Water tugmasi bosilganida bu funksiya darhol to‘xtaydi va 1 soatdan keyin funksiya qaytadan ishga tushadi.
Bu funksiya Self Care tugmasi bosilmagan holda har soatda 10 daqiqa davomida avtomatik tarzda ishlaydi.
UVnano UV va uning birligi bo‘lgan nanomemtr so‘zidan olingan birikma so‘zdir.
Energiyani tejash uchun boshqaruv paneli avtomatik ravishda o‘chadi.
Jihoz energiya tejash rejimida bo‘lganida eshik ochilgunicha yoki birorta tugma bosilgunicha displey o‘chiq holda qoladi. Yonganidan keyin displey 20 soniya yoniq holda qoladi.
Jihozni tozalash davomida biror barmoq yoki teri boshqaruv paneliga tegib ketsa, ushbu tugma funksiyasi ishga tushib ketishi mumkin.
Bu jihoz yerga ulanishdan faqat funksional maqsadlarda foydalanadi.