Yuqoriga > ISHLATISH > Avtomatik muz tayyorlagich > Muz chelagini chiqarib olish/qayta joylash

Muz chelagini chiqarib olish/qayta joylash

Agar faqat maydalangan muzdan foydalanilsa, muz tarnovi muz bo‘laklari bilan to‘silib qolishi mumkin. Muz chelagini chiqarib olish va rezina shpatel bilan yo‘lakchani tozalash orqali to‘planib qolgan muzlarni olib tashlang. Vaqti-vaqti bilan kublangan muzlarni chiqarish ham muzlarning to‘planib qolishining oldini olishga yordam berishi mumkin.

  • Muz bo‘lmasini ochish uchun dastani asatlik bilan torting.

  • Avtomatik muz tayyorlagichni o‘chirish uchun muz tayyorlagich pereklyuchatelini O‘CHIRISH (O) holatiga o‘rnating.

  • Eshik muz chelagini chiqarib olish uchun old dastani ushlang, quyi qismini biroz ko‘taring va chelakni ko‘rsatilgani kabi sekin tashqariga torting.

  • Eshik muz chelagini uni chiqarib olish jarayoniga teskari tartibda qayta joylashtiring.

DIQQAT
  • Avtomatik muz tayyorlagich mexanik qismlariga qo‘llaringiz yoki mexanik asboblar bilan tegmang. Bunday qilish jiddiy jarohatlanish yoki jihozga shikast yetishiga olib kelishi mumkin.

  • Avtomatik muz tayyorlagichni qismlarga ajratmang, ta’mirlamang yoki o‘zgartirmang. Bu ishlar faqat xizmat korsatuvchi texnik tomonidan bajarilishi kerak.

  • Ehtiyot bo‘lish lozim, chunki avtomatik muz tayyorlagich pereklyuchateli YOQILGAN holatga o‘rnatilganida muzxona eshigi ochilganidan keyin avtomatik muz tayyorlagich uzluksiz ishlaydi.

  • Bolalarni dispenserdan uzoqroq saqlang.

  • Muz chelagini qayta joyiga joylashtirganda uning to‘g‘ri joylashtirilganligiga ishonch hosil qiling. Agar u qiyshayib qolsa yoki notekis o‘rnasa, sensordagi uzilishlar tufayli muz hosil qilish davom ettirilmasligi mumkin.