Yuqoriga > TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH > Tozalash va texnik xizmat koʻrsatish > Choyshab uchun uchlikni tozalash

Choyshab uchun uchlikni tozalash

Oson tozalash

Changni tortib olishda choyshab uchun uchlikni uzaytirish quvuridan ajratib olib, tirqish asbobini shlang tutqichiga mahkamlang.

Tepa
Past
Ichi

Agar uchlik ichidagi changni tirqish asbobi bilan chiqarib olishni uddalay olmasangiz, changni qoʻlda olib tashlang.

Ajratish va tozalash

  • Pastki taglikni ajratish uchun choyshab uchun uchlikning orqa tomonidagi chiqarish tugmasini bosing.

  • Kirish portidan begona narsalarni (ip, soch) olib tashlang.

  • Pastki taglikni faqat sovuq, oqayotgan suvda yuving.

  • Pastki taglikdagi zarba dastagini tekislang.

  • Pastki taglikni yigʻish uchun pastki taglikni teshiklarga joylab, mahkamlang.

DIQQAT
  • Choyshab uchun uchlikni suvga botirmang. Bu vibratorning notoʻgʻri ishlashiga olib kelishi mumkin.

Chang konteynerini boʻshatish

  • Chang konteynerini olish uchun uni soat mili yoʻnalishida burang.

  • Changni chiqindi xaltasiga toʻking.

  • Chang konteynerini yigʻish uchun uni joyiga soling va soat miliga qarshi yoʻnalishda burang.