Yuqoriga > XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI > OGOHLANTIRISH > Ishlatish

Ishlatish

  • Changyutkichdan faqat ushbu qo‘llanmada tavsiflanganidek foydalaning. Faqat ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan birikmalardan foydalaning.

  • Bu changyutkich faqat uy sharoitida foydalanishga mo‘ljallangan boʻlib, undan quyidagi joylarda foydalanish mumkin emas:

    • Noturar, tijoriy yoki sanoat hududlarida foydalanish;

    • Ochiq havoda, garaj yoki nam yuzalarda foydalanish.

  • Elektr kabeli, sanchqisi yoki changyutkich tugmalariga ho‘l qo‘l bilan teginmang.

  • Jihozni hech qachon kabelni tortgan holda oʻchirmang. Doim sanchqini mahkam ushlab, uni rozetkadan chiqarib oling. Barmoqlaringiz elektr kabeli sanchqisi kontaktlariga tegmasin.

  • Elektr kabelini haddan ortiq bukmang yoki ustiga og‘ir buyum qo‘ymang.

  • Elektr shnurini shikastlamang, o‘zgartirmang, ortiqcha bukmang, o‘ramang, tortmang, siqmang yoki issiqlik ta’siriga qo‘ymang.

  • Jihoz nozik buyumlar bilan toʻqnashib ketmasligi uchun yon-atrofingizga ogoh boʻling. Tozalash vaqtida tozalanadigan joydagi boshqa jihozlarning elektr kabellarini chiqarib turing.

  • Suv toshib ketsa, tokdan sug‘uring va LG Electronics mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling.

  • Changyutkichni stol yoki zinapoya kabi changyutkich qulab ketishi mumkin boʻlgan yuzalarda ishlatmang.

  • Faqat malakali texniklar yoki LG Electronics servis markazining malakali mutaxassisigina jihozni qismlarga ajratishi, ta’mirlashi yoki o‘zgartirishi mumkin.

  • Changyutkichdan suyuqliklarni (suv, ichimlik va shu kabilar), hidli moddalarni (zarqand, shokolad, jonivorlar axlati va h.k.), metall buyumlarni (tigʻlar, toʻgʻnogʻichlar va h.k.) yonuvchan, sirt faol moddalarni yoki shisha boʻlaklarini tortishda foydalanmang.

  • Tig‘lar, qadagichlar, qirindilar, o‘tkir buyumlar yoki issiq-sovuq kullarni tortishda foydalanmang.

  • Kiyimlar, soch, barmoqlar yoki tananing boshqa qismlarini changyutkichning ochiq joylari va harakatlanuvchi qismlaridan nari tuting.

  • Changyutkichdan uning kirish yoki chiqish portlari toʻsilgan holatda foydalanmang.

  • Changyutkichni bo‘yoq suyultirgich, kuyadan himoyalash vositalari, yonuvchan chang yoki boshqa portlovchi yoki zaharli moddalardan ajraluvchi bug‘ mavjud yopiq xonalarda ishlatmang.

  • Changyutkichni devor, kursi yoki stolga suyantirmang.

  • Agar uyda gaz sizishi (izobutan, propan, tabiiy gaz va h.k.) aniqlansa, changyutkich yoki elektr kabeli sanchqisiga teginmang va darhol xonani shamollating.

  • Agar jihozdan begona ovoz, hid yoki tutun chiqayotganini aniqlasangiz, elektr kabeli sanchqisini darhol tarmoqdan uzib, LG Electronics mijozlar uchun axborot markazi bilan bogʻlaning.

  • Changyutkichdan uning chang konteyneri va filtrlari oʻz joyiga o'rnatilmagan holatda foydalanmang.

  • Tarmoqdan uzishdan avval barcha boshqaruv elementlarini oʻchirilgan holatga keltiring.

  • Changyutkichni tashiganda chang konteyneri tutqichidan koʻtarmang. Tashish tutqichidan koʻtaring.