Siz LG ThinQ ilovasi orqali jihozingizni yangi xususiyatlar bilan yangilashingiz mumkin.
Yangi funksiyalar mavjud bo'lganida, jihozni yoqqaningizda, quyida ko‘rsatilgandek, displeyda yangilanish haqida bildirishnoma paydo bo‘ladi.
Yangilangandan so‘ng jihoz funksiyasi foydalanuvchi qo‘llanmasida ko‘rsatilganidan o‘zgarishi mumkin.
Yangilanish haqida bildirishnoma olganingizdan so‘ng siz smartfoningizga yangilanish haqida bildirishnoma ham olasiz.
LG ThinQ ilovasida Xususiyat yangilanishlari ekraniga kirish uchun smartnoningizda yangilanish haqidagi bildirishnomaga bosing.
Xususiyat yangilanishlari ekraniga kirganingizdan keyin yangi xususiyatlarni tanlang va yangilash tugmasini bosing.
Yangilanishning borishini jihoz boshqaruv panelida tekshirish mumkin.
Yangilash vaqtida jihozning elektr vilkasini rozetkadan uzmang, chunki u jarayonni to‘xtatadi.
Yangilanishdan keyin yangilangan xususiyatlarning batafsil sozlamalarini o‘zgartirish uchun LG ThinQ ilovasidagi qo‘llanmaga qarang.