Ovozli diagnostika usulidan foydalanish uchun quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling.
LG ThinQ ilovasini ishga tushiring va menyudan Smart Diagnosis funksiyasini tanlang. LG ThinQ ilovasida keltirilgan ovozli diagnostika uchun ko‘rsatmalarga amal qiling.
Elektr vilkasini rozetkaga to'g'ri ulang.
Smartfoningizning og'iz uchun teshigini jihozga yaqinroq joylashtiring.
Funksiya tugmasini bosing.
Displey ekranining tag qismidagi quyidagi ikonacha miltillagunicha L yoki M tugmasini bosing. Keyin Funksiya tugmasini bosing.
Ma'lumot uzatish tugaguncha smartfonni joyida saqlang.
Ma'lumotlarni uzatish tugallangandan so'ng, tashxis ilovada ko'rsatiladi.
Eng yaxshi natijaga erishish uchun ohanglar uzatilayotganda telefonni harakatlantirmang.
Atrofdagi shovqinni minimal darajaga tushirganingizga ishonch hosil qiling, aks holda telefon ichki blokdan zummer signalini to'g'ri qabul qilmasligi mumkin.