Yuqoriga > SMART FUNKSIYALAR > LG ThinQ ilovasidan foydalanish > Wi-Fi funksiyasi

Wi-Fi funksiyasi

  • b yoki ThinQ logotipli jihozlar uchun.

Qular smart xususiyatlardan foydalangan holda smartfondan turib jihoz bilan aloqa o‘rnating.

Smart DiagnosisTM

Agar siz Smart Diagnosis funksiyasidan foydalansangiz, sizga foydalanish namunasiga asoslangan holda jihozdan foydalanishning to‘g‘ri usuli kabi foydali ma’lumotlar taqdim etiladi.

Sozlamalar

Sizga jihoz va ilovadagi turli opsiyalarni o‘rnatishga imkon beradi

Izoh
  • Agar siz simsiz routerni, Internet xizmati provayderini yoki parolni o‘zgartirsangiz, ro‘yxatga olingan qurilmani LG ThinQ ilovasidan o‘chiring va uni qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazing.

  • Jihozning ishlashini yaxshilash maqsadlarida ilova foydalanuvchilarni avvaldan xabardor qilmagan holda o‘zgartirilishi mumkin.

  • Modelga bog‘liq ravishda funksiyalar farq qilishi mumkin.

Ochiq manba dasturi eslatmasi

GPL, LGPL, MPL va ushbu mahsulotdagi manba kodini oshkor qilish majburiyatiga ega boʻlgan boshqa ochiq kodli litsenziyalar boʻyicha manba kodini olish va barcha koʻrsatilgan litsenziya shartlari, mualliflik huquqi bildirishnomalari va boshqa tegishli hujjatlarga kirish uchun https:// opensource.lge.com saytiga tashrif buyuring.

opensource@lge.com elektron pochta manziliga talab yuborilgan hollarda LG Electronics ochiq dastur kodini CD-ROM da bunday yetkazib berish xarajatlarini (jumladan, saqlash qurilmasi, yuborish va qayta ishlash xarajatlari) to‘lash evaziga taqdim etadi.

Ushbu taklif ushbu mahsulotni oxirgi jo‘natganimizdan keyin uch yil davomida ushbu ma’lumotni olgan har bir kishi uchun amal qiladi.