Agar quyidagi belgilar paydo bo'lsa, quyida bayon qilingan tekshirishlar va o'zgartirishlarni amalga oshiring. To'g'ri ishlamasliklar yuz berishi mumkin.
Ishlatish muammolari
| Ma'lum kanallarni ko'rib bo'lmayapti.
|
- Antennaning joylashgan o'rni yoki yo'nalishini o'zgartiring.
- O'zingiz ko'rishni xohlagan dasturlarni Avto sozlash yoki Dasturni tahrirlashdan foydalangan holda saqlang.
|
| Televizor yoqilgandan keyin tasvir to'liq namoyish qilingunicha kechikish vaqti mavjud bo'ladi.
|
- Bu oddiy holat. Har qanday kechikish televizor ilk marta yoqilganda yuz berishi mumkin bo'lgan tasvir shovqinlarini tozalovchi tasvirni o'chirish jarayoni tufaylidir.
|
Tasvir bilan bog'liq muammolar
SETTINGS ISTE’MOLCHILARNI QO’LLAB-QUVVATLASH Tasvirni testdan o’tkazish
[Bu xususiyat faqat ba'zi bir modellarda mavjud.]
Tasvir signali chiqishining mo'tadil ekanligini tekshirish uchun avval Tasvirni tekshirishni ishga tushiring.
Agar tekshirilayotgan tasvir bilan bog'liq muammolar bo'lsa, ulangan tashqi qurilmalarni va uzatilayotgan signalni tekshiring.
| Avval dastur yoki boshqa dasturlarning qoldiq tasvirlari ko'rinadi yoki ekranda g'ashga teguvchi chiziqlar namoyish qilinadi.
|
- Antennaning televizion signallar uzatgichiga nisbatan yo'nalishini o'zgartiring yoki antennani ulash to'g'risidagi ko'rsatmalar olish uchun qo'llanmaga qarang.
|
| Tebranuvchi gorizontal/vertikal chiziqlar va to'rsimon ko'rinishidagi tasvirlar bir lahza namoyish qilinadi.
|
- Bunday muammo kuchli elektron xalaqit mavjud bo'lgan hollarda yuz berishi mumkin. Uyali qurilmalar, elektr asboblari va boshqa kichik elektr jihozlari kabi boshqa qurilmalarni o'chiring.
|
| Raqamli ko'rsatish vaqtida ekrandagi tasvir qotib qoladi yoki to'g'ri ishlamaydi.
|
- Bu signal kuchsiz yoki qabul qilish barqaror bo'lmagan hollarda yuz berishi mumkin. Antenna yo'nalishi yoki kabellarning ulanishlarini o'zgartiring.
- Agar signal kuchi yoki sifati Qo’lda sozlash past bo'lsa, televizion stansiya yoki ma'muriyat ofisiga murojaat qiling.
|
| Kabel ulangan bo'lsa ham raqamli ko'rsatuvlarni ko'rib bo'lmayapti.
|
- Obuna xizmatini va/yoki signallarni tarqatish bilan shug'ullanuvchi kabelli televideniye operatoringizga murojaat qiling. (Obunangizga bog'liq ravishda raqamli uzatish qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.)
|
| HDMIⓇ manbaiga ulanganda ekran nofaol yoki tiniq emas.
|
- HDMIⓇ kabeli xususiyatlarini tekshiring. HDMIⓇ kabeli haqiqiy bo'lmasa, tasvirlar yo'qolishi yoki to'g'ri namoyish qilinmasligi mumkin.
- Barcha kabellarning to'g'ri ulanganligiga ishonch hosil qiling. Ulanishlar mahkam bo'lmagan hollarda tasvirlar to'g'ri namoyish qilinmasligi mumkin.
|
| USB xotira qurilmasi bilan ishlamayapti.
|
- USB qurilmasi va kabel versiyasining 2.0 yoki undan baland ekanligiga ishonch hosil qiling.
|
Ovoz bilan bog'liq muammolar
SETTINGS ISTE’MOLCHILARNI QO’LLAB-QUVVATLASH Ovozni testdan o’tkazish
[Bu xususiyat faqat ba'zi bir modellarda mavjud.]
Ovoz signali chiqishining mo'tadil ekanligini tekshirish uchun avval Ovozni tekshirishni ishga tushiring.
Agar tekshirilayotgan ovoz bilan bog'liq muammolar bo'lsa, ulangan tashqi qurilmalarni va uzatilayotgan signalni tekshiring.
| Ekranda tasvir namoyish qilinayapti, biroq ovoz chiqmayapti.
|
- Boshqa televizion dasturlarni tekshiring.
- [Bu xususiyat faqat ba'zi bir modellarda mavjud.] Televizor dinamiklari ishonch hosil Yoqish.
|
| Analog signallar uchun stereo tiniq emas yoki ovoz faqat bitta dinamikdan chiqayapti.
|
- Signallarni qabul qilish yaxshi bo'lmagan hududlarda (signallar kuchsiz bo'lgan yoki barqaror bo'lmagan hududlarda) yoki Multi Audio barqaror bo'lmagan hollarda Multi Audio-da MONO-ni tanlang.
- Yo'naltirish tugmasidan foydalanib Balans-ni o'zgartiring.
|
| Televizor ovozi tasvir bilan sinxronlashmagan yoki ovoz vaqti-vaqti bilan uzilib qolayapti.
|
- Agar ushbu muammo faqat ma'lum dastur bilangina yuz berayotgan bo'lsa, u aniq bir stansiya signallarini tarqatish bilan bog'liq muammolar tufayli yuz berayotgan bo'lishi mumkin. Telestansiya yoki kabelli televideniye operatoriga murojaat qiling.
|
| Dastur o'zgartirilganda tovush balandligi o'zgarayapti.
|
- Tovush balandligi dasturlar orasida farq qilishi mumkin.
- Avtomatik ovoz balandligi-ni Yoqish-ga o'rnating.
|
| Ayrim dasturlarda ovoz umuman chiqmayapti yoki fondagi musiqagina eshitilayapti (dastur xorijdagi tomoshabinlar uchun yaratilgan hollarda).
|
- Til sozlanmasida Til(Language) Audio tili-ni o'zingiz tanlagan tilga o'rnating.
|
| HDMIⓇ / USB manbaiga ulanganda ovoz chiqmayapti.
|
- HDMIⓇ kabelining yuqori tezlikli ekanligiga ishonch hosil qiling.
- USB qurilmasi va kabel versiyasining 2.0 yoki undan baland ekanligini tekshiring.
- Faqat oddiy musiqa (*mp3) fayllaridan foydalaning.
|
Kompyuter ulanishi bilan bog'liq muammo (Faqat kompyuterga ulashni qo'llab-quvvatlovchi modellar uchun)
| Kompyuterga ulangandan keyin displey ekrani yonmayapti.
|
- Kompyuter va televizorning mustahkam ulanganligiga ishonch hosil qiling.
- Tasvir aniqligining kompyuter kirishi uchun to'g'ri o'rnatilganligini tekshiring.
- Televizordan ikkinchi monitor sifatida foydalanish uchun ulangan kompyuter yoki noutbukning ikkinchi monitorni ulashni qo'llab-quvvatlashini tekshiring.
|
| HDMI kabeli bilan kompyuter ulanganidan keyin ovoz chiqmayapti.
|
- Uning HDMI ovoz chiqarishini qo'llab-quvvatlashiga ishonch hosil qilish uchun videokartangiz ishlab chiqaruvchisiga murojaat qiling. (DVI formatidagi videokartalar alohida ovoz kartasini ulashni talab qiladi.)
|
| Kompyuterga ulanganda displey qisman qisqaradi yoki bir tomonga siljiydi.
|
- Tasvir aniqligini kompyuter kirishini qo'llab-quvvatlaydigan qiymatga o'rnating.
(Agar bu foyda bermasa, kompyuterni o'chirib yoqing.)
|
Mening Medialarim-dagi fayllarni o'ynatish bilan bog'liq muammolar
[Bu xususiyat faqat ba'zi bir modellarda mavjud.]
| Men Filmlar ro’yxati-dagi fayllarni ko'raolmayapman.
|
- USB xotira qurilmasidagi faylning kompyuterda o'qish mumkinligini tekshiring.
- Fayl kengaytmasining qo'llab-quvvatlanishini tekshiring.
|
| Fayl haqiqiy emas. Yuqoridagi xatolik xabari paydo bo'ladi. Ovoz, video yoki subtitrlar odatdagidek emas.
|
- Faylning kompyuter video pleyerida odatdagidek o'ynatilishiga ishonch hosil qiling. (Buzilgan fayllarning mavjudligini tekshiring.)
- Mening Medialarim-ning tanlangan faylni qo'llab-quvvatlay olishini tekshiring.
|
Talab qilinayotgan xizmat to'g'risida ma'lumotlar olish uchun quyidagi menyuga qarang.
[Bu xususiyat faqat ba'zi bir modellarda mavjud.]
SETTINGS ISTE’MOLCHILARNI QO’LLAB-QUVVATLASH Mahsulot/xizmat to’g’risida axborot