Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.
Smart Diagnosis Blok*1
Jihoz nosoz ishlasa yoki buzilsa aniq diagnoz qo‘yishda yordam berishi uchun bu funksiyadan LG Electronics mijozlar uchun axborot markaziga murojaat qilganda bu funksiyadan foydalaning.
LED-chiroq
Jihoz eshigi ochilganda uning ichidagi LED-chiroqlar yonadi.
Muzlatgich polkasi
Bu yerda go‘sht, baliq va muzqymoq singari muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari saqlanishi mumkin.
Muz tayyorlagichni ko‘chirish
Bu yerda muz qo‘lda boshqarilib tayyorlanadi va saqlanadi.
Muz tayyorlagichni polka bo‘ylab yon tomondan yon tomongacha istalgan holatga surishingiz mumkin.
Yaxna maxsulotlar boʻlinmasi tortmasi
Bu oziq-ovqat mahsulotlari oddiy sovutish sohalariga qaraganda sovuqroq haroratsa saqlanuvchi joydir.
Eshikni sovutish*1
Bu sovutkich eshigi savatchasini sovuq saqlash uchun sovuq havo chiqadigan joydir.
Sovutgich tokchasi
Bu yerda sovitilgan oziq-ovqatlar va boshqa narsalar saqlanadi.
Namligi yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarni tokchaning old tomoniga qo‘ying.
Tokchaga boshqa balandlikdagi murvatni qo‘yish bilan bu tokcha balandligini o‘zgartirish mumkin.
Jihozdagi tokchalar soni uning modeliga qarab farq qilishi mumkin.
Yangi sabzavotlar tortma qutisi
Bu yerda namlik kontrollerini rostlash orqali meva-sabzavotlar yangi holda saqlanadi.
Muzlatgich eshigi savatchasi
Bu kichkina qadoqlardagi muzlatilgan yoki ko‘p foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan joydir.
Muzlatish kamerasi harorati boshqargichi
Bu boshqargich uni mos balansga o‘rnatish orqali muzlatish kamerasi bo‘lmasiga bo‘lgan havo oqimini boshqaradi.
Suv baki*1
Bu dispenserga yetkazib berish uchun suv saqlanadigan joydir.
IBDC savatchasi*1
Eshikni sovutishdan boruvchi sovuq havo to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu savatchaga keladi.
Sovutgich eshigi savatchasi
Kichik qadoqdagi sovitilgan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va sous idishlari bu yerda saqlanishi mumkin.
Suriladigan tuxum patnisi
Bu yerda tuxum saqlanadi.
Siz bu patnisni kerakli holatga siljtishingiz mumkin.
Bu patnisni sovutgich tokchasining ustiga yoki sabzavotlar tortmasiga joylashtirmang.
Toza gigiyena*1
Bu funksiya sovitkich kamerasidagi noxush hidlarni kamaytiradi va yo‘qotadi.