Yuqoriga > ISHLATISH > InstaView > InstaView funksiyasidan foydalanish

InstaView funksiyasidan foydalanish

InstaView funksiyasi sovutgich eshigini ochmasdan chanqovbosti ichimliklar va gazaklar kabi tez-tez olinadigan mahsulotlar kamayib qolganini ko‘rish imkonini beradi.

  • InstaView ichidagi LED-chiroqni yoqish yoki o‘chirish uchun oynani ikka marta taqillating.

  • LED-chiroq o‘n soniyadan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.

Izoh
  • InstaView funksiyasi muzxonaning chap yoki o‘ng eshigini yopgandan keyin 2 soniya ichida o‘chiriladi.

  • Oynaning markaziga yaqinroq joyini taqillating. Oynaning chetroq qismini taqillatganda InstaView funksiyasi yaxshi ishlamasligi mumkin.

  • Taqillatish ovozi eshitilgudek qilib qattiq taqillating.

  • Sovutgich yaqinida qattiq ovoz chiqqudek bo‘lsa ham InstaView funksiyasi ishga tushib ketishi mumkin.

  • Shisha eshikni quruq latta bilan tozalang. Qotib qolgan dog‘larni ketkazish uchun lattani iliq suv yoki shisha tozalagich bilan biroz namlang. Shisha tozalash vositasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shisha eshikka sepmang.