Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.
LED-chiroq*1
Jihoz eshigi ochilganda uning ichidagi LED-chiroqlar yonadi.
Muzlatgich polkasi
Bu yerda go‘sht, baliq va muzqymoq singari muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari saqlanishi mumkin.
Muz tayyorlagichni ko‘chirish*1
Bu yerda muz qo‘lda boshqarilib tayyorlanadi va saqlanadi.
Muz tayyorlagichni polka bo‘ylab yon tomondan yon tomongacha istalgan holatga surishingiz mumkin.
Muzlatish kamerasi harorati boshqargichi
Bu boshqargich uni mos balansga o‘rnatish orqali muzlatish kamerasi bo‘lmasiga bo‘lgan havo oqimini boshqaradi.
Dezodorant*1
Oziq-ovqat mahsulotlariga zarar yetkazmagan holda yangi oziq-ovqatlar bo‘lmasidan hidlarni ketkazadi.
Yangi mahsulotlar xonasi tortmasi/tashqariga chiqariluvchi lotok*1
Bu oziq-ovqat mahsulotlari oddiy sovutish sohalariga qaraganda sovuqroq haroratsa saqlanuvchi joydir.
Sovitkich haroratini nazorat qilish paneli*1
Bu sovutkich haroratini o‘rnatish mumkin bo‘lgan joydir.
Eshikni sovutish*1
Bu sovutkich eshigi savatchasini sovuq saqlash uchun sovuq havo chiqadigan joydir.
Sovutgich tokchasi
Bu yerda sovitilgan oziq-ovqatlar va boshqa narsalar saqlanadi.
Namligi yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarni tokchaning old tomoniga qo‘ying.
Tokchaga boshqa balandlikdagi murvatni qo‘yish bilan bu tokcha balandligini o‘zgartirish mumkin.
Jihozdagi tokchalar soni uning modeliga qarab farq qilishi mumkin.
Havo filtri*1
Sovutgich bo‘lmasi ichidagi noxush hidlarni kamaytiradi.
Yangi sabzavotlar tortma qutisi
Bu yerda namlik kontrollerini rostlash orqali meva-sabzavotlar yangi holda saqlanadi.
Muzlatgich eshigi savatchasi
Bu kichkina qadoqlardagi muzlatilgan yoki ko‘p foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan joydir.
Ikki yulduzli bo‘limga ega bo‘lgan muzlatkich savatchalarining soni xarid qilingan modelga bog‘liq ravishda farq qilishi mumkin.
Muz lotogi*1
Bu yerda muz qo‘lda boshqarilib tayyorlanadi.
Suriladigan tuxum patnisi
Bu yerda tuxum saqlanadi.
Uni olib qo‘yishingiz va zaruratga ko‘ra kerakli joyda undan foydalanishingiz mumkin. Biroq undan muz idish sifatida foydalanmang yoki uni sovutkich ustiga yoki sabzavotlar tortmasiga solmang.
Sovutgich eshigi savatchasi
Kichik qadoqdagi sovitilgan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va sous idishlari bu yerda saqlanishi mumkin.
Sovutgich eshigi savatchalarining soni xarid qilingan modelga bog‘liq ravishda farq qilishi mumkin.
Suv baki*1
Bu dispenserga yetkazib berish uchun suv saqlanadigan joydir.
Sovutgich eshigi havo kanali*1
Sovutish bo‘lmasi eshigidan keluvchi sovuq havo bevosita sovutgich eshigi savatchasiga yetkazib beriladi.
Door-in-Door (Eshikdagi eshik) bo‘lmasi*1
Bu yerda chanqovbosti ichimliklar va gazaklar kabi tez-tez olib turiladigan oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadi.