Bu boshqaruv paneli faqat ayrim modellarda mavjud.

Fridge
0 °C dan 6 °C gacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.
Sovutkichning dastlabki harorati 3 °C.
Joriy ichki harorat jihoz ichidagi oziq-ovqat mahsuloti holatiga qarab o‘zgaradi, chunki ko‘rsatilgan o‘rnatilgan harorat jihozning joriy harorati emas, balki ko‘zlangan haroratidir.
Express Freeze
Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini beradi.
Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda navbatma-navbat o‘chib yonadi.
Bu funksiya ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.
Hygiene Fresh
Bu funksiya sovutkich ichidagi noxush hidlarni kamaytiradi.
Har safar Hygiene Fresh tugmasi bosilganda, muqobil tarzda Gigiyenik toza funksiyasi rejimi Avtomatik ~ Quvvat ~ O‘Chirish ~ Avtomatik ga o‘zgaradi.
Wi-Fi
Bu tugma jihozni uydagi Wi-Fi tarmog‘iga ulashga imkon beradi. LG ThinQ ilovasining dastlabki o‘rnatish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun Smart funksiyalar bo‘limiga qarang.
Lock
Bu boshqaruv panelidagi tugmalarni qulflab qo‘yadi.
Boshqaruv paneli tugmalarini qulflab qo‘yish uchun Qulflash tigmasini k ikonkasi paydo bo‘lgunicha va funksiya faollashtirilgunicha 3 soniya bosib turing.
Bu funksiyasi o‘chirib qo‘yish uchun Qulflash tigmasini l ikonkasi paydo bo‘lgunicha va funksiya faolsizlashtirilgunicha 3 soniya bosib turing.
Oziq-ovqat mahsulotlarini optimal tarzda saqlash uchun sukut bo‘yicha haroratdan 1 °C oshirish yoki kamaytirish tavsiya qilinadi.
Energiyani tejash uchun boshqaruv paneli avtomatik ravishda o‘chadi.
Agar uni tozalash vaqtida biror barmoq yoki tana qismi boshqaruv paneliga tegib ketsa, ushbu tugma funksiyasi ishga tushib ketishi mumkin.

Fridge
Sovuqdan Eng sovuqqacha oraliqdagi kerakli haroratni tanlash uchun bu tugmani qayta-qayta bosing.
Sovutkichning dastlabki harorati Normal.
Oziq-ovqat mahsulotlarini optimal tarzda saqlash uchun sukut bo‘yicha haroratdan bir daraja oshirish yoki kamaytirish tavsiya qilinadi.