Haroratni 1-darajadan 7-darajagacha sozlash mumkin. 3-daraja tavsiya qilinadi.
Boshqargichni o‘ngga burash orqali haroratni pasaytirish va boshqargichni chapga burash orqali ko‘tarish mumkin.
Muzlatish kamerasida past haroratni ushlab turish uchun boshqargichni 6-7 darajaga o‘rnating. Tezkor muzlatish yakunlanganida (7-daraja) boshqargichni tavsiya qilingan darajaga o‘rnating.

Oziq-ovqat mahsulotlarini optimal tarzda saqlash uchun sukut bo‘yicha haroratdan bir daraja oshirish yoki kamaytirish tavsiya qilinadi.
Jihozga oziq-ovqat mahsulotlarni joylashtirishdan avval jihozni devordagi rozetkaga ulagandan keyin 2 yoki 3 soat kuting.
Ichki haroratlarga jihoz o‘rnatilgan joyi, atrof-muhitdagi harorat, eshikning qancha ochilib-yopilishi va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi.