Yuqoriga > ISHLATISH > Ishlatish bo‘yicha izohlar > Energiyani tejash bo‘yicha masalahatlar

Energiyani tejash bo‘yicha masalahatlar

  • Xonani o‘ta sovutib yubormang. Bu sog‘lig‘ingiz uchun zararli bo‘lishi hamda elektr iste’molini oshirishi mumkin.

  • Konditsionerni ishlatayotgan paytda xonaga tushayotgan quyosh nurini jalyuzi yoki parda yordamida to‘sing.

  • Konditsionerni ishlatayotgan paytingizda eshiklar yoki derazalar mahkam yopiq bo‘lishi kerak.

  • Ichki havo aylanishi uchun havo oqimining yo‘nalishini vertikal yoki gorizontal ravishda sozlang.

  • Qisqa vaqt ichida xona ichidagi havoni tez sovutish yoki isitish uchun ventilyator tezligini oshiring.

  • Shamollatish uchun derazalarni muntazam ravishda oching. Agar konditsioner uzoq vaqt ishlatilsa, xona ichidagi havo sifati yomonlashishi mumkin.

  • Havo filtrini har 2 haftada bir marta tozalang. Havo filtrida to‘plangan chang va kirlar havo oqimini to‘sib qo‘yishi yoki qurilmaning ish samaradorligini pasaytirishi mumkin.