Faqat xizmat koʻrsatish qismlari roʻyxatida keltirilgan qismlardan foydalanganingizga ishonch hosil qiling. Hech qachon uskunani oʻzgartirishga urinmang.
Bolalar tashqi blok ustiga chiqmasligi yoki urmasligiga ishonch hosil qiling.
Batareyani yong‘in xavfi mavjud bo‘lmagan joylarda chiqindiga chiqaring.
Faqatgina konditsioner yorlig‘ida ko’rsatilgan sovutish vositasi turidan foydalaning.
Konditsionerdan shovqin, hid yoki tutun chiqsa, elektr ta'minotini uzib qoʻying.
Konditsioner yonida benzin, benzol yoki erituvchi vosita kabi yonuvchi moddalarni qoldirmang.
Konditsioner suv toshqini ostida qolganda vakolatli xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qiling.
Konditsionerni toʻg'ri shamollatilmagan kichik joyda uzoq vaqt ishlatmang.
Agar gaz sizib chiqsa (masalan, freon, propan gazi, suyultirilgan gaz va boshqalar) konditsionerni qayta ishlatishdan oldin yetarli darajada shamollating.
Konditsioner va isitgich kabi isitish moslamasi bir vaqtning oʻzida foydalanilganda yetarli darajada shamollating.
Havoning kirish va chiqish joylarini to‘smang.
Konditsioner ishlayotgan vaqtda havo kirish yoki chiqishi joylariga qoʻlingizni yoki boshqa narsalarni tiqmang.
Elektr kabeli iflos, boʻshab qolgan va singan emasligiga ishonch hosil qiling.
Hech qachon konditsionerga nam qoʻl bilan tegmang, ishlatmang yoki ta'mirlamang.
Elektr kabeliga hech qanday narsalarni qoʻymang.
Elektr kabeli yaqinida isitgich yoki boshqa isitish moslamalarini qo‘ymang.
Quvvat kabelini o‘zgartirmang yoki uzaytirmang. Izolyatsiyasida qiriq paydo bo‘lishi yoki shikastlanishi yong‘inga yoki elektr tok urishiga sabab bo‘lishi mumkin va ularni almashtirish kerak.
Elektr uzilishi bo‘lganda yoki momaqaldiroq paytida qurilmani rozetjadan darhol ajrating.
Ish paytida elektr kabeli tortib olinmasligi yoki shikastlanmasligi uchun ehtiyot boʻling.
Qurilma ishlayotgan paytda yoki darhol ishga tushganda sovutgich naychasi, suv quvuri yoki har qanday ichki qismlarga teginmang.